Ipoteka bank OTP Group sof foydasini 56 foizga oşirdi
Ipoteka bank OTP Group 2026-yilning dastlabki töqqiz oyi yakunlari böyiça sof foydasini 56 foizga oşirib, 1,8 trillion sömga yetkazdi. Bu haqda bankning Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida eʼlon qilingan hisobotida maʼlum qilindi.
Hisobot davrida bankning jami aktivlari ötgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga ösib, 57,9 trillion sömni taşkil etdi. Operatsion foyda esa 39 foizga oşib, 2,2 trillion sömga yetdi. Bankning kapital rentabelligi 25,2 foiz, aktivlar rentabelligi 3,4 foizni taşkil qildi.
Bank rahbariyatining taʼkidlaşiça, erişilgan moliyaviy natijalarda mijozlar işonçi va jamoaning samarali mehnati muhim örin tutgan.
Bankda qayd etilgan moliyaviy ösiş, avvalo, mijozlar işonçining mustahkamlanişi va xizmat körsatiş samaradorligining oşişi bilan boğliq. Bank boşqaruvi raisi Adam Sentpeterining taʼkidlaşiça, erişilgan natijalarda mijozlar bilan bevosita işlaydigan xodimlardan tortib, içki jarayonlarning uzluksizligini taʼminlovçi mutaxassislargaça bölgan butun jamoaning hissasi bor. Jamoaning hamjihatligi, professional yondaşuvi va samarali mehnati bankning strategik maqsadlariga erişişi hamda barqaror ösişini taʼminlamoqda.
Şuningdek, bankda mijozlarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş borasida ham ijobiy natijalar qayd etilgan. Jumladan, filiallarda xizmat körsatiş sifatini baholovçi Mystery Shopping indeksi 93 foizga, aloqa markazlari faoliyatini aks ettiruvçi Mystery Calling körsatkiçi esa 92,7 foizga yetgan.
Mijozlarning bankni boşqalarga tavsiya etişga tayyorligini ifodalovçi NPS indeksi ham ötgan yilning mos davridagi 58 foizdan 74 foizgaça oşgan. Bu bank xizmatlari sifati va mijozlar bilan muloqot jarayonlaridagi ijobiy özgarişlardan dalolat beradi.
Maʼlumot uçun, Ipoteka bank OTP Group 2023-yildan buyon xalqaro OTP Group tarkibida faoliyat yuritadi. Bugungi kunda bank mamlakat böylab 3,87 milliondan ortiq mijozga xizmat körsatmoqda. Xalqaro OTP Group ham 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 2,4 milliard yevro sof foyda qayd etgan. Guruhning kapital rentabelligi 21,1 foizni taşkil qilgan.
Nozimbek Mardonov, ÖzA