Har qanday kasb-hunarning ortidan elda hurmat topib, badavlat böliş mumkin
Yöl-yölakay...
Poyabzal taʼmirlovçi usta Şuhrat Jörayev kasb-hunar ortidan uylar qurib, töylar qildi. Farzandlarini kamolga yetkazib, elu yurtga qöşdi. Quyida şu haqda biroz töxtalamiz.
Keyingi paytlarda oyoğimga tufli sotib olib, baraka topmayotgandayman. Qimmatiniyam, arzoniniyam, xorijniki-yu özimiznikiniyam kiyib kördim. Foydasi bölmayapti... Qaysi birini kiysam, barmoqlarim tufli uçiga urilib, tovonim siqiladi. Odam bezillab qolar ekan.
Yaqinda şu taşviş bilan poyabzal tuzatuvçi ustaning yoniga bordim.
U oyoq kiyimni qöliga olar ekan, biroz kutib turişimni aytdi. Zavoddan çiqqanidan ham zör qilib, özimga moslab berişini vaʼda qildi. Jurnalistman, bu kutiş vaqtini boy bergim kelmadi. Ustani suhbatga tortdim.
— Yoşim 55 da, Bektemir tumanidagi Oltin topgan mahallasida yaşayman, – deydi Şuhrat aka Jörayev samimiylik bilan. – Öttiz yildan buyon kosibçilik qilib, xalqimizga xizmat qilaman. Şu kasbning ortidan farzandlarimni öqitib, uyli-joyli qildim. Uylar qurib, töylar qildim. Bu menga ota kasb. Tört aka-uka ham kosibmiz. Ular Buvayda tumanida yaşaydi, uçalasi ham şu hunar ortidan rizq-röz topişadi. Özi aslida bu hunarni har bir yigit kişi bilişi kerak, deb öylayman. Ilgari hamma oilaning erkaklari poyabzalларини özlari taʼmirlaşgan. Hozirgi yoşlar buni xohlaşmaydi. Ularga yangisini sotib oliş qulayroq.

— Kasbingizni öziga yaraşa qiyinçilik tomonlari nimada?
— Savolingiz örinli. Ayrim tanişlarim orasida “Boşqa iş qilsangiz bölmaydimi, odamlarning kir oyoq kiyimlarini tozalab ötirasizmi?” deydiganlari ham bor. Aslida heç bir işning oson tomoni yöq. Kasbimni juda yaxşi köraman. Eng eskirgan oyoq kiyimni ham taʼmirlab, tozalab egasining qöliga çiroyli qilib topşiraman. Mijozlarim orasida muddati ötgan poyabzalини olib kelib, “yangidek qilib bering”, deydiganlariyam bor. Imkon qadar xursand qilib yuborişga harakat qilaman.
Faqat taʼmir bilan emas, yangi poyabzal tikiş bilan ham şuğullanaman. Buyurtmalarim juda köp, baʼzida ulgurmay qolaman.
— Baʼzi bir poyabzalлар oyoqni terlatadi, siqadi. Sifatli buyumni tanlaş uçun nimalarga eʼtibor beriş kerak?
— Oyoq kiyimingiz noqulay bölsa, yurişingiz va işingizda unum bölmaydi. Şu bois poyabzal sotib olayotganda, eng avvalo, uning ustki va içki qismi çarmdan tikilganini oliş kerak. Özbekistonda eng sifatli poyabzalлар çarmdan, yaʼni mol terisidan tayyorlanadi. Qöy va eçki terisidan köproq mahsi tikişda foydalaniladi. Hozir kosiblarimiz tikayotgan poyabzalлар ham sifatli çiqyapti.
Köpinça oyoq kiyim sotib olayotganda ayrim sotuvçilar xaridorlarni “Bir-ikki kiysangiz kengayib, loyiq bölib qoladi, özi öng oyoq bilan çap oyoqda farq böladi”, deb aldaşadi. Ular sotişga işqiboz. Sifatli oyoq kiyim heç qaçon ikki xil bölmaydi, yaʼni öng oyoqniki çapidan farq qilmaydi.
Baʼzi ota-onalar bolasiga “keyingi yil ham kiyadi”, deb bir-ikki ölçam kattaroğidan olib berişadi. Bunday qiliş notöğri, katta oyoq kiyimda bolaning oyoği aylanib, toyib ketadi. Şuning uçun loyiğini olib beriş kerak.
— Yoşlar kelib, sizga şogird tuşaman desa, örgatasizmi?
— Albatta, faqat sabrlari yetsa böldi.
Nihoyat пойабзалим tayyor böldi. Kiysam binoyidek.
Oramizda Şuhrat aka singari kasb-hunarining ortidan elda hurmat topib, badavlat bölib yurganlar köp.
Nigora Rahmonova, ÖzA