«Matonat maydoni»da harbiylar kuç sinaşdi
Sirdaryo tumanida joylaşgan Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Harbiy havo kuçlari qömondonligiga qaraşli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatçilar örtasida «Matonat maydoni» teleloyihasi doirasida harbiy-sport musobaqasi ötkazildi.
Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi hamda Sirdaryo teleradiokompaniyasi hamkorligida taşkil etilgan bellaşuvda yoş harbiy xizmatçilar jismoniy tayyorgarlik, çaqqonlik, çidamlilik va topqirlik borasida öz mahoratlarini namoyon etdilar.
Iştirokçilar harbiy estafeta, arqon tortiş, turnikda tortiliş, arqon yordamida yuqoriga kötariliş, jarohatlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş, şuningdek, bilim va tezkor fikrlaşni talab etuvçi savol-javob şartlari böyiça bellaşdilar.
[gallery-32335]
Qizğin keçgan sinovlarda harbiy xizmatçilarning nafaqat jismoniy imkoniyatlari, balki irodasi, qatʼiyati, özaro işonçi va jamoaviy hamjihatligi ham yaqqol namoyon böldi.
Eʼtiborlisi, musobaqa yakunida jamoalardan birortasi ustunlikka erişmadi. «Loçinlar» va «Sarhadlar» jamoalari bir xil ball töplab, durang natijani qayd etdilar.
Bellaşuvda faol iştirok etgan harbiy xizmatçilar taşkilotçilarning taşakkurnomalari va esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA