Bir lahzalik eʼtiborsizlik – bir umrlik puşaymonlik
Qaşqadaryoda kuz-qiş mavsumini xavfsiz ötkaziş, yonğin va is gazidan zaharlanişning oldini oliş borasida qanday işlar amalga oşirilmoqda?
Kunlar sovib, isitiş mavsumi boşlanişi bilan xonadonlarda gaz va elektr jihozlaridan foydalaniş köpayadi. Tabiiyki, bu davrda qulaylik va issiqlik bilan bir qatorda xavfsizlik masalasiga ham alohida eʼtibor qaratiş zarur. Zero, nosoz isitiş moslamasi, öz vaqtida tozalanmagan dudburon yoki oddiy eʼtiborsizlik inson hayotiga tahdid solişi mumkin. Ayniqsa, rangsiz va hidsiz bölgan is gazining sezilmasdan tarqalişi xavfni yanada oşiradi. Şu bois kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş masʼul taşkilotlar oldidagi vazifa böliş bilan birga, har bir xonadon sohibidan ham huşyorlik va masʼuliyat talab etadi. Qaşqadaryo viloyatida mavsumga tayyorgarlik doirasida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obʼektlari hamda alohida eʼtiborga muhtoj fuqarolar yaşaş manzillarida xavfsizlikni taʼminlaşga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oşirilmoqda.
– Kuz-qiş mavsumida asosiy eʼtibor favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, aholi xavfsizligini taʼminlaş va mavjud xatarlarni barvaqt aniqlaşga qaratilgan. Şu maqsadda viloyatimizdagi köp qavatli uylar va aholi xonadonlarida örganiş hamda tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Jumladan, 70 ming 925 ta xonadon örganilib, 237 ming 150 ta xonadonda tarğibot tadbirlari taşkil etildi. Şuningdek, minglab xonadonlarga gaz analizatorlari, tutun va is gazini aniqlovçi sezgiçlar örnatildi. Bu vositalar xavfni erta aniqlaş va insonlar hayotini asraşda muhim ahamiyatga ega, – deydi viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Voyitov.
Albatta, texnik vositalarning örnatilişi xavfsizlikni taʼminlaşda muhim omil. Biroq buning özi kifoya emas. Isitiş moslamalarini soz holatda saqlaş, dudburon va şamollatiş tizimlarini muntazam tekşiriş, gaz hamda elektr jihozlaridan belgilangan tartibda foydalaniş ham hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Mavsumga tayyorgarlikda ijtimoiy soha obʼektlari xavfsizligi ham alohida örin tutadi. Çunki taʼlim, tibbiyot va boşqa muassasalardagi muhandislik kommunikatsiyalarining holati, isitiş tizimlarining sozligi köplab insonlarning hayoti va salomatligi bilan bevosita boğliq.
Şu maqsadda viloyatda 158 ta insonlar tunab qoladigan obʼekt, 358 ta davolaş-profilaktika muassasasi, 3 ta oliy taʼlim muassasasi, 496 ta maktabgaça va maktab taʼlimi taşkiloti hamda 1 ming 239 ta umumtaʼlim maktabida qayta tekşiruvlar ötkazildi.
Örganişlar davomida jami 14 ming 284 ta kamçilik aniqlanib, ularning 84 foizi bartaraf etildi. Şuningdek, masʼul xodimlarning bilim va amaliy könikmalarini oşiriş maqsadida 223 marotaba seminar va uçraşuv ötkazilib, ularda 5 ming 575 nafar işçi-xizmatçi iştirok etdi.
Aniqlangan kamçiliklarning asosiy qismi bartaraf etilgani ijobiy natija. Biroq qolgan muammolarni ham töliq hal etiş, ayniqsa, odamlar doimiy istiqomat qiladigan va xizmat körsatiladigan muassasalarda yonğin xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaş muhim.
Bu borada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining yaşaş şaroitini örganiş ham eʼtibordan çetda qolmayapti. Zero, yolğiz yaşovçi keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va özgalar kömagiga muhtoj fuqarolarning xonadonlaridagi isitiş moslamalari, gaz va elektr jihozlarining holati muntazam nazoratga muhtoj.
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan örganişlar doirasida bugungi kunga qadar 1 ming 701 nafar fuqaroning xonadoni qamrab olindi. Ularda isitiş uskunalari, elektr va gaz jihozlari, dudburon hamda şamollatiş tizimlarining texnik holati tekşirilmoqda.
Biroq amalga oşirilayotgan profilaktik tadbirlarning ahamiyatini is gazidan zaharlaniş bilan boğliq baxtsiz hodisalar statistikasi yanada yaqqol namoyon etadi.
Tahlillarga köra, Qaşqadaryo viloyatida 2024-yilda is gazidan zaharlaniş bilan boğliq 2 ta holat qayd etilib, 4 nafar fuqaro vafot etgan, 5 nafari zaharlangan. 2025-yilda 1 ta holat oqibatida 1 nafar inson hayotdan köz yumgan, yana bir fuqaro zaharlangan. 2026-yilning ötgan davrida esa 1 ta holatda 3 nafar fuqaro vafot etgan.
Bu raqamlar şunçaki statistika emas. Ularning ortida inson hayoti, oilaviy fojia va yaqinlar qalbida qolgan oğir iztirob bor. Eng açinarlisi, bunday hodisalarning oldini oddiy ehtiyot çoralariga amal qiliş orqali oliş mumkin.
– Is gazidan zaharlaniş holatlarining asosiy sabablaridan biri xavfsizlik qoidalariga beparvo munosabatda bölişdir. Dudburonlarning öz vaqtida tozalanmasligi, qölbola isitiş moslamalaridan foydalaniş, xonalarda havo almaşinuvining yetarli emasligi jiddiy xavf tuğdiradi. Is gazining hidi ham, rangi ham bölmagani uçun uni inson sezmasligi mumkin. Şuning uçun isitiş uskunalarini mavsum boşlanişidan oldin mutaxassislarga tekşirtiriş, nosoz jihozlardan foydalanmaslik va xavfsizlik talablariga qatʼiy amal qiliş zarur, – deydi Sohib Voyitov.
Muammo faqat aholi xonadonlaridagi isitiş moslamalari bilan çeklanmaydi. Gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi bilan boğliq hodisalarga tabiiy gaz tarmoqlariga öz vaqtida texnik xizmat körsatilmasligi, yer osti quvurlarining eskirişi, gaz uskunalarining nosozligi va suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanişda xavfsizlik talablariga rioya etmaslik ham sabab bölmoqda. Demak, profilaktika işlari aholi ogohligini oşiriş bilan birga, muhandislik tarmoqlari va uskunalarning texnik holatini nazorat qilişni ham qamrab olişi lozim.
Taʼkidlaş joizki, joriy yilning 1-30-noyabr kunlari mamlakatimiz böylab “Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi” ötkazilmoqda. Uning doirasida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obʼektlari, korxona va taşkilotlarda tabiiy gaz, elektr energiyasi hamda boşqa energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş böyiça profilaktik tadbirlar, tarğibot uçraşuvlari va tuşuntiriş işlari kuçaytiriladi.
Oylikning asosiy maqsadi mavsumiy tadbirlar bilan çeklanib qolmasdan, aholida energiya resurslaridan xavfsiz va oqilona foydalaniş madaniyatini şakllantiriş, mavjud muammolarni aniqlaş hamda baxtsiz hodisalarning oldini olişdan iborat.
Bu jarayonda masʼul taşkilotlar, mahalla faollari, taʼlim muassasalari va iş beruvçilar bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalari ham muhim örin tutadi. Ayniqsa, xavfsizlik qoidalarini aholiga sodda, tuşunarli va taʼsirçan tarzda yetkaziş, beparvolikning ayançli oqibatlarini aniq misollar bilan körsatiş profilaktika işlarining samaradorligini oşiradi.
Xulosa şuki, kuz-qiş mavsumini xavfsiz ötkaziş faqat masʼul idoralarning saʼy-harakatlariga boğliq emas. Bu har birimizning kundalik masʼuliyatimizdir. Isitiş moslamalarini tekşirtiriş, dudburonlarni tozalaş, xonada havo almaşinuvini taʼminlaş, nosoz gaz va elektr jihozlaridan foydalanmaslik inson hayotini asraşga xizmat qiladigan oddiy, ammo muhim qoidalardir.
Zero, xavfsizlikka beparvo qaraşning bahosi juda qimmatga tuşişi mumkin. Bir lahzalik eʼtiborsizlik esa bir umrlik puşaymonlikka aylanmasligi kerak.
Ölmas Barotov,
ÖzA muxbiri