Avtosportchilarimiz Osiyo-Tinch okeani chempionatida 2-o‘rinni egalladi
Tailandda avtosportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tgan “Asia Pacific Motorsport Championship 2026” musobaqasining karting slalom bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 2 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Mamlakatimiz vakillaridan Alixan Baxranov, Arseniy Glova 1 tadan, Samina Ahmadjonova 2 ta yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Anvar Mahmudov va Kamoliddin Najmiddinov o‘z yo‘nalishlarida kumush medallarga ega chiqdi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi avtosport chempionati sanalgan mazkur musobaqada 6 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 24 ta davlat orasida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rindan joy oldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA