Atmosferaga zararli çiqindilar: nazorat qay darajada?
Har kim toza havodan nafas olişga haqli. Biroq, işlab çiqariş hajmi ortişi barobarida atmosferaga çiqarilayotgan zararli moddalar ham jiddiy ekologik muammoga aylanmoqda. Ayniqsa, havoni ifloslantirayotgan korxonalar faoliyati, ekologik talablarga rioya etilişi va nazorat samaradorligi bugun dolzarb masalalardan biri.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlarga köra, Toşkent şahar Yakkasaroy tumanida joylaşgan “R.P.” MÇJda örganiş işlari ötkazildi. Örganiş davomida korxona ikkilamçi xomaşyodan polietilen granulalar işlab çiqariş bilan şuğullanişi, korxona tomonidan atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça tegişli çora-tadbirlar işlab çiqilmagani, şuningdek, atmosfera havosiga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar miqdori belgilangan tartibda nazorat qilinmagani aniqlandi. Xususan, normativ hujjatlarda belgilangan talabga köra, atmosfera havosiga çiqarilayotgan taşlamalar miqdori ixtisoslaşgan laboratoriyani jalb qilgan holda muntazam monitoring qilinişi lozim. Biroq korxona tomonidan uşbu talab bajarilmagan.
Şuningdek, davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talablarning bajarilişi holati örganilganda atmosfera havosiga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar ustidan doimiy nazoratni taʼminlaş, çang-gaz tozalaş uskunalarini örnatiş va ekologik normativlarga rioya etilişi böyiça talablar bajarilmagani maʼlum böldi. Örganiş davomida atmosfera havosidan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari ötkazildi. Natijalarga köra, atmosfera havosidagi azot 2 oksidi va çang miqdori meʼyoridan ortgani maʼlum böldi. Çiqindilar bilan boğliq holat örganilganda esa korxona hududida çiqindilarni vaqtinça saqlaş uçun maxsus konteynerlar mavjud emasligi aniqlandi. Korxona tomonidan Özbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”, “Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida” va “Çiqindilar töğrisida”gi qonunlari talablari qöpol tarzda buzilgan.
Korxonaga atmosfera havosini ifloslantirganlik uçun qöşimça kompensatsiya tölovi hisoblandi. Şuningdek, aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, hujjatlar sudga yuborildi. Qolaversa, kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan 5 ta banddan iborat majburiy körsatmalar berildi. Hozirda korxona faoliyatini töxtatiş böyiça sudga hujjatlar tayyorlanmoqda.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA