50 sotix yer uçun 100 ming dollar: Paxtaobodda ikki mansabdor qölga tuşdi
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş istagida bölgan fuqaro tuman hokimi örinbosari hamda Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali mansabdor şaxsining vaʼdalariga işonib, katta rejalar tuzadi.
Unga hokimlik zaxirasidagi 50 sotix yer maydonini onlayn auksion savdolari orqali arzon narxda öz nomiga rasmiylaştirib beriş taklif etiladi.
Biroq, bu «ezgu taklif» evaziga 100 ming AQŞ dollari talab qilinişi fuqaro uçun kutilmagan hol böladi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida uşbu ikki mansabdor şaxs söralgan pul mablağining 30 ming AQŞ dollarini uçinçi şaxs orqali olayotgan vaqtda qölga olindi. Şu tariqa ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” va “g” bandlari hamda 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA