2026-yilgi prognoz muddatidan avval 106%ga bajarildi
Kombinat tarkibiy bölinmalari birin-ketin 2026-yilga belgilangan vazifalarni muddatidan avval bajarişga muvaffaq bölişmoqda.
Navbatdagi mehnat zafari haqidagi xuşxabar Sanoat temir yöl transport boşqarmasidan olindi. Korxonaning 2-temir yöl sexi mehnat jamoasi tomonidan 2-Mis boyitiş fabrikasiga yuk taşiş böyiça belgilangan yillik vazifa muddatidan oldin bajarilişiga erişildi.
Mazkur sex mehnat jamoasi uçun 2026-yilda 2 829 000 tonna maʼdan va ağdarma toşqollarni taşiş vazifasi yuklatilgan bölib, amalda bu körsatkiç 2 993 395 tonnani taşkil etdi.
Prognoz 106 foizga bajarilib, belgilangan körsatkiçdan 164 395 tonna ortiq maʼdan öz manzligi yetkazib berildi.
Mazkur natija sex jamoasining samarali mehnati, masʼuliyati va işga bölgan professional yondaşuvi samarasidir.
Axborot xizmati