Yoshlar masalasi matbuot anjumani kun tartibida (+video)
Farg‘onada yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov jurnalist va blogerlarga yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasblarga o‘qitish borasidagi natijalar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlandiki, yil boshida xatlovda aniqlangan 7 841 nafar ishsiz yoshning 99,7 foizining bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 16 329 nafar yoshga 728 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. «Yoshlar daftari» orqali 1 022 nafar yoshga 3,3 milliard so‘mlik manzilli yordam ko‘rsatilgan.
Axborot texnologiyalari sohasida ham imkoniyatlar kengaymoqda. Joriy yilda 49 ta yangi IT kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, IT Park rezidentlari soni 149 taga, ulardagi xodimlar soni esa 1 750 nafarga yetdi. Viloyatdagi «Ayti shaharchasi» markazlarida 23,2 ming nafardan ortiq, Coursera platformasida esa 41 ming nafar yosh o‘quv kurslarini tamomlab, sertifikat oldi.
Matbuot anjumanida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov (video), O‘zA