Yangi Toşkent qurilişida Farğona viloyati ham iştirok etadi
Prezidentimizning joriy yil 12-oktabr kuni Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş masalalari yuzasidan investorlar va tadbirkorlar bilan ötkazgan oçiq muloqotida har bir viloyat uçun 100 gektardan yer maydoni ajratiş hamda uşbu hududlarda viloyatlarning öziga xos meʼmoriy qiyofasini aks ettiruvçi loyihalarni amalga oşiriş vazifasi belgilangan edi. Uning ijrosi doirasida Yangi Toşkentda Farğona viloyati uçun ajratilgan 100 gektar maydonda ham quriliş işlariga jadal kirişildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov uşbu hududda bölib, amalga oşirilişi rejalaştirilgan istiqbolli loyihalar bilan tanişdi.

Loyihalarda Farğonaning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy meʼmorçilik anʼanalari va öziga xos jihatlarini zamonaviy şaharsozlik yeçimlari bilan uyğunlaştirilgan, aholi uçun qulay va jozibador muhit yaratiş nazarda tutilgan. Şuningdek, hududdan samarali foydalaniş, quriliş işlarini sifatli taşkil etiş, zamonaviy infratuzilma va yaşil hududlar barpo etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.


Viloyat rahbari har bir loyihani sifatli va puxta amalga oşiriş, quriliş va infratuzilmani rivojlantiriş işlarini özaro uyğun olib borilişi şartligi borasida mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdi.

Ezgu niyatlar bildirilib, boşlanayotgan bunyodkorlik işlariga xayr-baraka tilab duolar qilindi. Şundan söng Farğona viloyati uçun ajratilgan hududda quriliş işlari boşlandi.
Yangi Toşkentda Farğonaning öziga xos qiyofasini namoyon etuvçi zamonaviy maskanlar qad rostlaydi.
Muhammadjon Obidov, ÖzA