Iordaniyada Yangi Özbekistonning bunyodkorlik salohiyati va maʼrifiy loyihalari namoyiş qilindi
Bugun – 19-noyabr kuni Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi poytaxti Ammon şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” nomli fundamental asarining arab tilidagi naşri taqdimoti bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlab ötkazilgan uşbu tadbirda Iordaniya Podşohligi parlamenti — Majlis al-Umma aʼzolari, davlat va jamoat arboblari, taniqli siyosatçilar, yirik biznes vakillari, nufuzli “aql markazlari”ning yetuk ekspertlari, şuningdek, Arab Şarqidagi qator yetakçi ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Qayd etiş zarurki, Özbekiston Prezidentining mazkur asari jahon davlat arboblari, xalqaro taşkilotlar vakillari va nufuzli siyosatçilarning yuksak eʼtiborini qozonib, xorijiy naşriyotlarda ham katta qiziqiş uyğotdi.
Bugungi kunda uşbu konseptual asar arab, ingliz, italyan, rus va urdu tillariga tarjima qilinib, turli xalqlar kitobxonlari eʼtiboriga havola etilmoqda.
Xalqaro maydonda muhim siyosiy-intellektual voqeaga aylangan, turli xalqlar şuurida keng aks sado uyğotgan mazkur asarning arab tilidagi naşri taqdimoti ham katta qiziqiş va kötarinki ruhda ötdi.
Mazkur taqdimotda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida sönggi ön yil davomida erişilgan yuksak marralarning mazmun-mohiyati oçib berildi hamda mamlakatning oçiq, pragmatik, konstruktiv, faol va tinçliksevar taşqi siyosati keng xorijiy jamoatçilikka namoyon etildi.
“Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” kitobida mamlakat içki va taşqi siyosatining ustuvor yönalişlari, taraqqiyotning strategik maqsad va istiqbollari, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, milliy davlatçilikni mustahkamlaş hamda iqtisodiy salohiyatni yuksaltiriş borasidagi islohotlar, şuningdek, Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasining asosiy vazifalari atrofliça yoritilgan.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning asarida “Davlat — inson uçun” va “Inson qadri uçun” tamoyillari asosida amalga oşirilayotgan islohotlar, mamlakat taqdiridagi tarixiy buriliş hamda davlat va jamiyat tafakkurining tubdan yangilaniş jarayonlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Uşbu asar olti bob va xotimadan iborat. Kitobxon asarni mutolaa qilar ekan, özini şunçaki kitob öqiyotgandek emas, balki göyo muallif bilan yuzma-yuz muloqotga kirişib, samimiy va mazmunli suhbat qurayotgandek, zamonamizning eng dolzarb va murakkab savollariga bevosita javob topayotgandek his etadi.
“Tarix sinovlaridan ötgan haqiqat şuki, özini özgartirişga qodir bölgan, vaqtni — imkoniyatga, imkoniyatni — yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq — buyuk xalqdir. Men ana şunday uluğ eʼtiqod bilan yaşayotgan xalqqa rahbar bölib, xizmat qilişni özim uçun ulkan şaraf va masʼuliyat deb bilaman”, — deb yozadi Özbekiston Prezidenti öz asarining epigrafida.
Bu fikrlar Prezidentning mamlakat va xalq taqdiriga daxldor hayotiy-falsafiy qaraşlarini, taraqqiyotning boş omili sifatida insonga bölgan yuksak işonçini ifoda etadi. Darhaqiqat, Yangi Özbekistonni barpo etiş ğoyasi, eng avvalo, xalqning bunyodkorlik salohiyatiga tayaniş hamda uning asrlar davomida şakllangan tarixiy tajribasi, milliy qadriyatlari va ezgu intilişlarini zamonaviy taraqqiyot maqsadlari bilan uyğunlaştirişga asoslanadi.
Asarning yana bir muhim umumbaşariy ahamiyati şundaki, unda jahondagi ziddiyat va qarama-qarşiliklarni bartaraf etişning siyosiy-diplomatik mexanizmlari, şuningdek, kelgusi taraqqiyotni taʼminlaşga qaratilgan uzoq muddatli strategik yondaşuvlar ilgari surilgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston” nomli asari taqdimoti doirasida Yangi Özbekistonning tarixiy ildizlari, bugungi bunyodkorlik salohiyati va kelajakka qaratilgan ezgu maqsadlarini yorqin aks ettiruvçi, mamlakatda keçayotgan tub özgarişlar va milliy yuksalişning öziga xos taraqqiyot modeli — “Yangi Özbekiston fenomeni” mazmun-mohiyatini oçib beruvçi, arab tiliga tarjima qilingan 9 ta kitob va kitob-albom ham keng jamoatçilikka havola etildi.

Özbekistonning boy tarixiy merosi, bugungi bunyodkorlik kölami, milliy yuksaliş surʼatlari va Yangi Özbekistonning yaratuvçanlik ruhini özida mujassam etgan mazkur asarlar mazmunan teranligi, ilmiy-maʼrifiy qimmati va yuksak badiiy saviyasi bilan taqdimot iştirokçilarida katta qiziqiş uyğotib, çuqur taassurot qoldirdi.
Xususan, “Şavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi” kitob-albomida Özbekiston Prezidentining içki va taşqi siyosat borasidagi taşabbuslari, mamlakatda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar hamda ularning global ahamiyatiga xalqaro taşkilotlar rahbarlari va xorijiy davlatlar yetakçilari tomonidan berilgan yuksak baho va eʼtiroflar öz ifodasini topgan.
“Mustaqillik zafarnomasi” kitob-albomi esa Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yillik qutluğ sanasiga bağişlangan. Unda köp millatli Özbekiston xalqining istiqlol yillarida bosib ötgan ğoyat murakkab, ayni paytda şarafli tarixi, milliy davlatçilikni mustahkamlaş, mamlakatni har tomonlama rivojlantiriş yölidagi ulkan saʼy-harakatlari, ayniqsa, milliy yuksaliş va bunyodkorlikning yangi bosqiçiga aylangan Yangi Özbekiston davrida erişilayotgan tarixiy yutuqlar va yuksak marralar keng yoritilgan.
“Özbekiston: Uçinçi Renessans — taraqqiyot konsepti” badiiy-publitsistik asari mamlakatda Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişdek ezgu strategik maqsad, uning ğoyaviy asoslari, taraqqiyot ustuvorliklari va uşbu yönalişda qölga kiritilayotgan natijalarning ahamiyatini oçib beradi.
Asarda Şavkat Mirziyoyevning falsafiy qaraşlari, islohotçilik tafakkuri va mamlakat kelajagiga qaratilgan strategik yondaşuvlari badiiy-publitsistik ruhda yoritilgan. Kitobning yana bir eʼtiborli jihati şundaki, unga Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Muhammad Şahboz Şarif kiriş sözi yozgan.
“Yangi Özbekiston: tinçlik, insonparvarlik va bağrikenglik diyori” kitob-albomida esa Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning mamlakatda millatlararo totuvlik va dinlararo bağrikenglikni mustahkamlaş, jamiyatda tinçlik va hamjihatlik muhitini qaror toptiriş, şuningdek, xorijiy davlatlar bilan oçiq va pragmatik, döstona va özaro manfaatli aloqalarni izçil rivojlantiriş borasidagi ezgu siyosatining mazmun-mohiyati oçib berilgan.
Umuman, mazkur naşrlar Özbekistonning mustaqillik yillarida bosib ötgan murakkab va şarafli taraqqiyot yölini, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati va yaratuvçanlik ruhini, davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan tub özgarişlarni tarixiy hujjatlar, tahliliy materiallar va noyob fotosuratlar orqali yaxlit va taʼsirçan tarzda namoyon etadi.
Şu maʼnoda, ular nafaqat Özbekistonning milliy tarixi va bugungi taraqqiyotining öziga xos yorqin va jonli solnomasi, balki Yangi Özbekistonning xalqaro qiyofasi va kelajak avlodlarga qoldiradigan boy merosini aks ettiruvçi muhim maʼnaviy-maʼrifiy manbalardir.

Taqdim etilgan barça asarlar Iordaniya kutubxonalariga köp nusxada sovğa qilindi va kitobxonlar qöliga yetib bordi.
Şuningdek, Iordaniya poytaxti Ammon şahrida “Özbekiston: sivilizatsiyalar, şaxsiyatlar, kaşfiyotlar” nomli kitoblar körgazmasi hamda “Movarounnahr — asrlar oşa taralgan islom sivilizatsiyasi ziyosi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan barpo etilgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro taqdimoti ham ötkazildi.
Tadbirlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-maʼrifiy masalalar böyiça maslahatçisi, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar, Iordaniya Jahon islom ilmlari va taʼlim universiteti prezidenti Jaʼfar al-Mağribiy al-Fanatisa, Özbekistonning Iordaniyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Nodirjon Turğunov, şuningdek, ikki mamlakatning taniqli olimlari, diniy soha vakillari hamda tadqiqotçilari iştirok etdi.
Taqdimotlar davomida Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Yangi Özbekiston fenomeni”ga bağişlab arab tilida tayyorlangan qator videoroliklar namoyiş etildi.
Uşbu xalqaro taqdimotlar Özbekistonning boy islomiy va ilmiy merosini jahon hamjamiyatiga keng tanitiş, Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan maʼrifiy loyihalar mazmun-mohiyatini teran anglatiş, şuningdek, Özbekiston va Iordaniya örtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.
ÖzA