Yangi qoplama — ravon harakat
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakat sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ayni paytda hududdagi D113 avtomobil yo‘lining 6–14 kilometr qismida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Xususan, yo‘lning asfalt qoplamasini yotqizish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ilgari notekis, chuqur va eski qoplamali mazkur yo‘l aholi hamda haydovchilarga qator noqulayliklar tug‘dirgan. Rekonstruksiya ishlari natijasida esa yo‘lning holati tubdan yangilanib, harakat uchun yanada qulay sharoit yaratilmoqda.
[gallery-31506]
Yangilangan avtomobil yo‘lidan har kuni foydalanadigan aholi va haydovchilar uchun harakat qulayligi oshishi, yo‘l-transport infratuzilmasining yaxshilanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA