Uyqu vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish nimalarga olib keladi? (+video)
Biz ijtimoiy tarmoqlarga nega kiramiz? O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining 31,8 foizi ijtimoiy tarmoqlardan muloqot qilish uchun, 29,1 foizi yangiliklarni kuzatish uchun, 19,9 foizi ta’lim olish, yana 19,2 foizi esa ko‘ngilochar kontent uchun foydalanadi. Demak, ijtimoiy tarmoqlar hayotimizda nafaqat muloqot, balki axborot olish, o‘rganish va hordiq chiqarish vositasiga ham aylangan. Ammo bu odatning yana bir tomoni bor. Ayniqsa, kechasi telefonni qo‘ldan qo‘ymay, ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt qolish uyqu vaqtini qisqartirishi va uning sifatiga ta’sir qilishi, shu bilan birgalikda, boshqa kasalliklarning kelib chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Uyqu shunchaki dam olish emas. U vaqtida organizm tiklanadi, miya dam oladi, xotira va diqqat bilan bog‘liq jarayonlar tartibga keladi.
Xo‘sh, uyquning buzilishi inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi?
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bilan uyqu sifati o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? Va sog‘lom uyqu uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
“Salomat bo‘ling” dasturida batafsil
Mohichehra Eshmirzayeva,
Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA