Yangi Özbekistonda gender tengligi: islohotlar, tajriba va istiqbollar muhokama qilindi
Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan «Yangi Özbekistonda gender tengligini taʼminlaş: islohotlar dinamikasi, milliy tajriba va istiqbolli yönalişlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi.
Konferensiyada gender tengligini taʼminlaş borasida mamlakatimizda amalga oşirilgan islohotlar, erişilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar atrofliça muhokama qilindi. Tadbirda davlat organlari vakillari, olimlar, tadqiqotçilar, oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, xalqaro taşkilotlar mutaxassislari hamda soha ekspertlari iştirok etib, öz tajriba va takliflari bilan örtoqlaşdi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Nodira Egamberdiyeva va boşqalar Özbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini taʼkidladi.
Muloqotlar davomida gender tengligi faqat huquqiy meʼyorlar bilan çeklanib qolmasligi, balki har bir insonning kundalik hayotida, taʼlim oliş, mehnat qiliş, tadbirkorlik bilan şuğullaniş va jamiyat boşqaruvida iştirok etiş imkoniyatlarida namoyon bölişi zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Konferensiya doirasida iştirokçilar törtta şöʼba yönalişi böyiça fikr almaşdi.
Birinçi şöʼba «Gender tengligini taʼminlaşning huquqiy asoslari, institutsional mexanizmlar va amaliy natijalar» mavzusiga bağişlandi. Unda milliy qonunçilikning takomillaşuvi, davlat siyosatining ustuvor yönalişlari, gender tengligini taʼminlaşga masʼul institutlar faoliyati va amalga oşirilgan islohotlarning amaliy natijalari tahlil qilindi.
Ikkinçi şöʼbada «Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşiriş: ayollar migratsiyasi, bandlik, tadbirkorlik va raqamli imkoniyatlar» mavzusi muhokama markazida böldi. Xususan, ayollarning munosib iş örinlariga ega bölişi, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, raqamli texnologiyalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, qişloq hududlari va agrar sohada xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşiriş masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.
Tadbir davomida milliy va xorijiy tajribalar qiyosiy tahlil qilinib, gender tengligini taʼminlaşda ilm-fan va amaliyot örtasidagi hamkorlikning ahamiyati alohida taʼkidlandi. Iştirokçilar xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlaşda ilmiy tadqiqotlar natijalari, amaliy tajriba va xalqaro hamkorlik muhim örin tutişini eʼtirof etdi.
Konferensiya yakunida gender tengligini taʼminlaş sohasida mavjud muammolarni bartaraf etiş, xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va faolligini yanada oşiriş, gender stereotiplarini kamaytiriş hamda 2030-yilga qadar gender tenglikka erişiş strategiyasi ijrosini samarali taşkil etişga qaratilgan taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.
Şuningdek, konferensiya materiallarini jamlagan ilmiy maqolalar va maʼruzalar töplamini elektron şaklda naşr etiş belgilandi.
Mazkur konferensiya gender tengligini taʼminlaş masalasida turli soha vakillarini bir maydonda birlaştirib, ilmiy muloqot, tajriba almaşiş va amaliy takliflarni şakllantiriş uçun muhim platforma bölib xizmat qildi.
Nazokat Usmonova,
ÖzA muxbiri