Toşkentdagi forumda huquq-tartibot tizimining ustuvor vazifalari belgilanmoqda
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş, qonuniylikni mustahkamlaş va zamonaviy tahdidlarga qarşi innovatsion yeçimlar topiş masalalari Toşkentda boşlangan ikki kunlik xalqaro muloqot markazida turibdi.
Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida 26-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan «Tashkent Law Enforcement Forum – 2026» xalqaro ilmiy-amaliy forumi oçildi.
Taşkil etgan anjuman «Qonuniylik va huquq-tartibotni himoya qilişda: zamonaviy tahdidlar va yangi yeçimlar» mavzusini qamrab olgan. Unda huquqni muhofaza qiluvçi organlar, xalqaro taşkilotlar, ilmiy-taʼlim muassasalari va tegişli idoralar vakillari qatnaşmoqda.
Forumni oçib bergan Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev prokuratura organlarining 35 yillik taraqqiyot yöliga töxtaldi. U qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişdagi ustuvor vazifalarni qayd etdi.

Şuningdek, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Afğoniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston böyiça mintaqaviy vakili Oliver Ştolpe hamda YEXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi rahbari vazifasini bajaruvçi Andrian Krintya nutq sözladi.

Forumning birinçi kunida iştirokçilar Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining ilmiy-innovatsion paviloni faoliyati bilan tanişdi.
Ikki kunlik anjuman davomida prokuratura organlarining ötgan davrdagi faoliyatini sarhisob qiliş, sohaga ilmiy yondaşuvlar, ilğor amaliyot va innovatsion yeçimlarni keng joriy etiş hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan fikr va tajriba almaşiladi.
ÖzA