Xalqaro matematika olimpiadasida yuqori natijaga erişgan öquvçilarimiz tantanali kutib olindi
Joriy yilning 26–30-oktabr kunlari Germaniyaning Berlin şahrida bölib ötgan Einstein International Olympiad 2026 — Global Final xalqaro matematika olimpiadasida Özbekistonlik iqtidorli öquvçilar yuqori natijalarni qayd etdi.
Dunyoning 15 dan ortiq davlatidan 300 nafardan ziyod iqtidorli öquvçi jam bölgan xalqaro musobaqada Özbekiston vakillari 3 ta oltin, 1 ta kumuş, 3 ta bronza va 5 ta Honorable Mention medalini — jami 12 ta medalni qölga kiritdi.
Şuningdek, yana 4 nafar özbekistonlik öquvçi olimpiadadagi faol iştiroki uçun maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Musobaqada Özbekistonlik ikki nafar öquvçi jahon çempionati doirasidagi alohida yuqori natijalari uçun qimmatbaho sovğalarga ham sazovor böldi.
Xalqaro musobaqaning eng eʼtiborli natijalaridan biri 8-sinf öquvçisi Zufar Atayev tomonidan qayd etildi. U matematika yönalişida 100 balldan 96 ball töplab, öz yoş kategoriyasida birinçi örinni egalladi va Jahon çempioni unvoniga sazovor böldi.
Yana bir özbekistonlik 7-sinf öquvçisi Aziz Ahmedov ham xalqaro finalda yuksak natijaga erişdi. U 76 ball töplab, öz yoş kategoriyasidagi 25 nafar iştirokçi orasida uçinçi örinni egalladi.
Özbekistonning 16 nafar iştirokçisi orasida 12 nafari turli darajadagi medallarni qölga kiritgan bölsa, qolgan 4 nafari faol iştiroki uçun sertifikatlarga ega böldi.
Xalqaro matematika olimpiadasida qatnaşgan Özbekiston delegatsiyasining Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida ustozlari, ota-onalari hamda sinfdoş döstlari iştirokida tantanali kutib oliş tadbiri taşkil etildi.
Yoşlarimizning xalqaro bilimlar bellaşuvida mamlakatimiz şarafini munosib namoyon etişga bölgan intilişi eʼtirofga loyiq. Ularning xalqaro maydondagi iştirokini keng jamoatçilikka yetkaziş, ayniqsa, yoş avlodda ilm-fan va taʼlimga qiziqişni kuçaytiriş, iqtidorli öquvçilarni yanada ruhlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-32297]
N.Rahmonova, N. Haydarov(surat), ÖzA