Toşkent metropoliteni 5 vagonli poyezdlar haqidagi xabarlarga izoh berdi
Toşkent metropolitenida beş vagonli poyezdlar qatnovi haqidagi xabarlar yölovçilarda katta qiziqiş uyğotdi. Rasmiy maʼlumotlar bu özgarişning aniq muddatlariga oydinlik kiritdi.
Bugun metropoliten yölovçilar eng köp foydalanayotgan jamoat transportlaridan biriga aylangan. Şunday bir vaziyatda ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 20-noyabrdan boşlab Toşkent metropolitenida beş vagonli poyezdlar qatnovi yölga qöyilişi haqida xabarlar tarqaldi.
“Toşkent metropoliteni” AJ matbuot xizmati xabariga köra, beş vagonli harakat tarkiblari 2026-yil 20-noyabrdan boşlab yölovçilar taşişga jalb etilmaydi. Bu boradagi işlar davom etayotgan bölsada, ularni töliq yölga qöyiş uçun hali vaqt kerak. Qöşimça vagonlarni xarid qiliş böyiça konsepsiya işlab çiqilgan. Bu jarayonda vagonlarni işlab çiqariş, xarid qiliş va Toşkent şahriga yetkazib beriş muddatlari hamda taşkiliy masalalar hisobga olingan.
Rejaga muvofiq, 2027-yil sentabriga qadar mavjud harakat tarkiblarining 80 foizi, yaʼni 54 ta poyezdni beş vagonli şaklga ötkaziş közda tutilgan. Demak, beş vagonli poyezdlar böyiça reja bor, ammo bugungi kunda yölovçilar kutayotgan natija hali amalga oşgani yöq. Qolaversa, rejalaştirilgan 54 ta poyezdning barçasi bir vaqtda emas, belgilangan muddatga qadar bosqiçma-bosqiç beş vagonli tarkibga ötkazilişi kutilmoqda.
Bundan taşqari Metropoliten hozirgi yölovçilar oqimini hisobga olib, qöşimça zaxira harakat tarkiblarini jalb etiş orqali poyezdlar orasidagi intervalni örtaça 2–3 daqiqagaça qisqartiriş çoralarini körayotganini maʼlum qildi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş lozimki, uzoq yillar davomida metropolitenda 29 ta bekat bölgan, yönalişlarning umumiy uzunligi 38 kilometrni taşkil etgan. Sönggi 7 yil içida yana 33 kilometr metro yöli qurilgan va 21 ta yangi bekat foydalanişga topşirilgan. Sohada 530 nafardan ortiq xodim faoliyat olib boradi. Ularning 2200 nafarga yaqini yoşlar.
Yölovçilar uçun faqat vagonlar soni emas, poyezdning öz vaqtida kelişi, bekatlarda ortiqça kutib qolmaslik va vagonlardagi yuklamani kamaytiriş ham ahamiyatli. Toşkent metrosida kunlik yölovçilar oqimi 1,2 milliondan ortiq ekani hisobga olinsa, bu masalaning kölami yanada yaqqol namoyon böladi. Xususan, 20-oktabr kuni “Paxtakor” bekatida ikki poyezdning bir vaqtda kelişi ortidan qisqa muddatli tirbandlik yuzaga kelgani ham yölovçilar oqimini samarali boşqariş qançalik muhimligini körsatdi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA