Vitaliy Denisov: Özbekiston Rossiyaga qarşi bahsda favorit
Sobiq futbolçining fikriça, Rossiya terma jamoasining xalqaro musobaqalardan çetda qolayotgani Özbekiston foydasiga xizmat qilişi mumkin.
Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyaçisi Vitaliy Denisov 12-noyabr kuni Toşkentda ötkaziladigan Rossiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholadi.
Sobiq futbolçining fikriça, Rossiya terma jamoasining xalqaro musobaqalardan çetda qolayotgani Özbekiston foydasiga xizmat qilişi mumkin. Biroq u raqib safida Yevropa klublarida töp tepayotgan futbolçilar borligini ham alohida ta’kidladi.
"Özbekistonlik futbolçilar favorit, çunki rossiyaliklar, afsuski, xalqaro musobaqalarda iştirok etmayapti. Biroq Yevropada öynayotgan rossiyalik futbolçilar bizga muammo tuğdirişi mumkin", deya Denisovning sözlarini keltirmoqda "RB Sport".
Vitaliy Denisov faoliyati davomida Rossiyaning "Lokomotiv" klubida uzoq yillar öynagan. Şuningdek, Özbekiston milliy terma jamoasi şarafini himoya qilgan.
Özbekiston va Rossiya örtasidagi xalqaro örtoqlik uçraşuvi 12-noyabr kuni Toşkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bölib ötadi. Bahs soat 20:00 da boşlanadi.