Özbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon çempionatida iştirok etiş uçun Meksikaga jönab ketdi
24 ta terma jamoa qatnaşadigan musobaqada Özbekiston E guruhidan joy olgan.
Amputantlar futboli böyiça beş karra jahon çempioni Özbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi mundialda iştirok etiş uçun Meksikaga jönab ketdi.
10-noyabr kuni safarga çiqqan futbolçilarimiz 13–22-noyabr kunlari San-Xuan-de-los-Lagos şahrida taşkil etiladigan Jahon çempionatida oltinçi bor boş sovrinni qölga kiritiş uçun kuraş olib boradi.
24 ta terma jamoa qatnaşadigan musobaqada Özbekiston E guruhidan joy olgan. Hamyurtlarimiz AQŞ, Urugvay va Marokaş terma jamoalariga qarşi bahs olib boradi.
Özbekiston terma jamoasining guruh bosqiçidagi öyinlari:
14-noyabr: Özbekiston — AQŞ
15-noyabr: Özbekiston — Urugvay
16-noyabr: Özbekiston — Marokaş
Özbekiston amputantlar terma jamoasi jahon futbolida boy tarixga ega. Jamoamiz 1990, 1991, 2007, 2010 va 2012-yillarda jahon çempioni bölgan.
Ayniqsa, 2007-yilda Turkiya, 2010-yilda Argentina va 2012-yilda Rossiyada ötkazilgan mundiallarda ketma-ket uç marta çempionlikni qölga kiritgani e’tiborga molik.