Rossiya terma jamoasi Özbekistonga qarşi Golovinsiz öynaydi
Özbekiston — Rossiya uçraşuvi 12-noyabr kuni Toşkentda ötkaziladi.
«Monako» yarim himoyaçisi Aleksandr Golovin jarohat sabab Rossiya terma jamoasining noyabr yig‘inida qatnaşmaydi. Shu tariqa u Özbekistonga qarşi örtoqlik uçraşuvini ham ötkazib yuboradi.
Futbolçining agenti Aleksandr Klyuyev bu ma’lumotni tasdiqladi. Uning bildirişiça, Golovinning tiklaniş muddati böyiça «Monako» tibbiy ştabining xulosasi kutilmoqda.
Yarim himoyaçi 8-noyabr kuni Fransiya çempionatining 10-turida «Le-Man»ga qarşi uçraşuvda jarohat olgan. 1:1 hisobida yakunlangan bahsning ikkinçi taymi başida u almaştirilgan. TASS manbasiga köra, futbolçining öng boldir muşagi şikastlangan.
Golovin avvalroq Rossiyaning noyabr uçraşuvlari uçun e’lon qilingan tarkibga kiritilgan edi. Endi esa murabbiylar ştabi Özbekiston va Venesuelaga qarşi bahslarga usiz tayyorgarlik köradi.
Bu Rossiya uçun hujumkor yarim himoyadagi sezilarli yöqotişdir. Golovin sentabrda Eronga qarşi uçraşuvda jamoasining har ikki golini urib, 2:0 hisobidagi ğalabani ta’minlagan edi.
Joriy mavsumda u «Monako» safida barcha turnirlarda 13 ta öyin ötkazib, bir gol va üç assist qayd etgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston — Rossiya uçraşuvi 12-noyabr kuni Toşkentda ötkaziladi. Rossiyaliklar 17-noyabrda Krasnodarda Venesuelani qabul qiladi.