«Uzbekistan Airways» aviaparki yangi samolyot bilan töldirildi
«Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantiriş, havo kemalari parkini yangilaş hamda yölovçilarga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş borasidagi işlarni izçil davom ettirmoqda.
Ana şu saʼy-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida aviakompaniya parki yana bir zamonaviy «Airbus A321neo» rusumli samolyot bilan töldirildi.
«Toşkent-Humo» xalqaro aeroportida yangi havo kemasini kutib oliş munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Ular avialaynerning texnik imkoniyatlari, salon dizayni, yölovçilar uçun yaratilgan qulayliklar hamda foydalanişga oid öziga xos jihatlari bilan yaqindan tanişdi.
Ilğor aviatsiya texnologiyalari asosida işlab çiqarilgan «Airbus A321neo» takomillaştirilgan texnik körsatkiçlari, yoqilği tejamkorligi va parvoz samaradorligi bilan ajralib turadi. Uning zamonaviy saloni, qulay örindiqlari hamda multimedia tizimi yölovçilarning manzilga maroqli va hordiq çiqargan holda yetib borişi uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.
[gallery-32641]
Mazkur havo kemasining aviaparkka qöşilişi parvozlar geografiyasini kengaytiriş, yölovçi taşiş salohiyatini oşiriş, mavjud yönalişlarda qatnovlarni rivojlantiriş hamda xizmat körsatiş sifatini yanada yaxşilaşga zamin yaratadi.
Otabek MIRSOATOV (surat), ÖzA