Kuzgi tuşkunlikni yengişda tabiiy neʼmatlar va kun tartibining örni qanday?
Kuz kelişi bilan bozorlarimizda tabiiy neʼmatlar turi yanada köpayadi. Bugungi ana şu mahsulotlardan biri sanalgan oşqovoqning foydasi haqida qisqaça töxtalamiz.
Kun qisqarib, quyoş nuri kamaygan, kayfiyat tez-tez özgarib turadigan mavsumda töğri ovqatlaniş va kundalik odatlar ruhiy salomatlikka bevosita taʼsir körsatadi.
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy-psixologik yordam körsatiş markazi rahbari, tibbiyot fanlari böyiça falsafa doktori, psixoterapevt va tibbiy psixolog Rasulbek Polvanov ana şu mavzuda muhim maʼlumotlarni taqdim etdi:
— Kuz faslida qabulimga kelganlarda «holsizman», «uyqum buzildi», «heç narsaga xohiş yöq», «şirinlikka ruju qöydim» degan şikoyatlar köpayadi. Bu holatlarning bir qismi mavsumiy kayfiyat özgarişi bilan boğliq bölsa, ayrimlari depressiv yoki xavotirli buzilişning belgisi bölişi mumkin. Har qanday holatda ham kun tartibi, uyqu, jismoniy faollik va ovqatlaniş ruhiy salomatlik va psixoterapiya samaradorligining ajralmas asosidir.
Sönggi ön yilda «nutritsion psixiatriya» yönalişi faol rivojlanmoqda. Tadqiqotlar sabzavot, meva, dukkaklilar va yonğoqlarga boy muvozanatli ratsion depressiya belgilarini yengillaştirişda asosiy davolaşga foydali qöşimça bölişini körsatmoqda. Oşqovoq ana şunday ratsionning hamyonbop va hammabop qismi sanaladi.
Uning tarkibi qariyb 90 foiz suvdan iborat bölib, 100 grammida naviga qarab 20–40 kkal energiya bor. Şu bilan birga, oşqovoq organizmda A vitaminiga aylanadigan beta-karotinga nihoyatda boy. Tarkibidagi V guruhi, şuningdek, S va Ye vitaminlari, kaliy, magniy hamda kletçatka köz, teri, yurak-qon tomir tizimi va immunitet uçun muhim. Oşqovoq uruği esa rux, magniy, töyinmagan yoğ kislotalari va triptofan manbaidir.
Kuzgi kayfiyat tuşişining asosiy sabablaridan biri yoruğlik kamayişidir. Quyoş nuri organizmning biologik soatini boşqaradi. Kun qisqarganda uyqu-uyğoqlik ritmi siljiydi. Kunduzi uyquçanlik, keçqurun esa uyqusizlik kuzatiladi. Baʼzi odamlarda bu holat mavsumiy affektiv buziliş darajasigaça yetadi. Şu bois bemorlarimga asosiy kömak bilan birga kundalik hayotda amal qiliş uçun oddiy, ammo samarali tavsiyalar beraman. Ertalab oçiq havoda 20–30 daqiqa piyoda yuriş, kun tartibiga rioya qiliş, har kuni bir vaqtda uxlab, bir vaqtda uyğoniş hamda keçqurun ekran oldida uzoq ötirmaslik kerak.
Köpçilik stress, zerikiş yoki yolğizlik paytida oçlikdan emas, hissiyotni «bosiş» uçun ovqatlanadi va odatda şirin yoki yoğli taomlarni tanlaydi. Kognitiv xulq-atvor terapiyasida bunday vaziyatda avvalo öziga «Men rostdan ham oçmanmi yoki bezovtamanmi?» deb savol beriş örgatiladi. Ikkinçi muhim qadam — «ongli ovqatlaniş», yaʼni taomni şoşilmay, uning taʼmi va iforiga eʼtibor berib isteʼmol qilişdir. Uçinçi qadam esa xulq-atvorni faollaştirişdir. Depressiyada inson oddiy işlarni ham taşlab qöyadi, lekin mazmunli kiçik harakatlar kayfiyatni asta-sekin tiklaydi. Kletçatkaga boy oşqovoq taomlari uzoq vaqt töqlik hissini berişi bilan ayniqsa foydali bölib, sport bilan şuğullanuvçilar ratsioniga ham yaxşi qöşimça böla oladi.
Xalqimizda dasturxon atrofida jamlaniş öziga xos tabiiy psixoterapiya sanaladi. Taomni birgalikda tayyorlaş va tanovul qiliş oila aʼzolari örtasidagi hissiy yaqinlikni mustahkamlaydi, bolalarda xavfsizlik tuyğusini şakllantiradi. Tadqiqotlar ham oilaviy dasturxon atrofida muntazam yiğiladigan ösmirlarda ruhiy muammolar kamroq uçraşini tasdiqlaydi.
Oşqovoqli somsani birga tugiş, bolalar bilan oşqovoqni böyaş yoki undan bezak yasaş esa ham ijodiy, ham art-terapevtik maşğulotdir. Qöl mehnati, mayda harakatlar va ranglar bilan işlaş jarayonida miya bor diqqatini aynan şu maşğulotga qaratadi. Natijada ötmişdagi oğir xayollar va kelajak haqidagi xavotirlar çekinadi. Ijodiy jarayon stress gormoni — kortizol darajasini pasaytirib, yurak urişini meʼyorlaştiradi, aksinça, zavq va qoniqiş bağişlovçi dofamin neyromediatori ajralişini kuçaytiradi.
Oşqovoq kam kaloriyali va töq tutuvçi mahsulot bölsa-da, psixoterapevt sifatida «qattiq parhez» tuşunçasiga ehtiyotkorlik bilan qarayman. Özini oç qoldiriş, mahsulotlarni «yaxşi» va «yomon»ga ajratiş, har bir kaloriyani sanaş köpinça aybdorlik hissiga, keskin ozib, söng yana tez vazn töplaşga olib keladi. Ayniqsa, ösmir qizlar va yoş ayollarda bunday odat ovqatlaniş xulqi buzilişiga sabab bölişi mumkin.
Oşqovoq aksariyat insonlar uçun bezarar bölib, uning foydali xususiyatlari peçda pişirilganda yaxşi saqlanadi. Biroq qandli diabet hamda oşqozon-içak kasalliklari bor kişilar uni tayyorlaş usuli va isteʼmol miqdorini şifokor bilan maslahatlaşib belgilagani maʼqul.
Oddiy narsalardan zavq oliş, ertalabki quyoş nurida sayr qiliş, oila bilan birga tayyorlangan issiq taom, yaqin inson bilan samimiy suhbat va tinç uyqu — bularning heç biri dorixonada sotilmaydi. Ammo ular ruhiy salomatlikning eng işonçli tayançidir. Oşqovoqni esa ana şu oddiy quvonçlar içidagi kiçik, biroq yorqin ramz desak, xato bölmaydi.
ÖzA muxbiri Lira Şafiq yozib oldi.