Ustozning “Xotirot” şeʼriga nazira
Nazm
Ustoz ketganiga ön yil bölibdi,
Biroq, xotirasi, ijodi hamroh.
Qabrida siymosi, gullar unibdi,
Dilbar şeʼriyati yaşaydi uzoq.
Yoşlik çoğim edi, jurʼatim yetib,
Ustoz huzuriga bordim iymanib.
Öşa lahzalarni bölmas unutib,
Baxtiyor turganim boşim aylanib.
Ustoz maşqlarimni öqiyotgan dam,
Tek qotdim, hattoki qoqmadim kiprik.
Qutluğ dargohiga kelmasdim heçam,
Bölmasa şeʼriyat atalgan köprik.
Ustozga hayratda turmay tikilib,
Xayolimdan keçdi ötgan yöllarim.
Şeʼriyatni umrim mazmuni bilib,
Ijod zavqi bilan yongan yillarim.
Bezovta qalbimda umid, hayajon,
Baribir, xavotir ezar dilimni.
Gul deya suyganim emasmi xazon,
Balki töxtatarman ijod yölimni.
Netay, şeʼr işqida tölğonsa yurak,
Hislarim köçirdim oppoq qoğozga.
Ustozning fikrini kutyapman ilhaq,
Bilmadim, tayyormi ular parvozga.
Kunlarim behuda ötmadimikin?
Maşqim tegirmondan çiqurmi tirik.
Hukmni kutyapman olganimça tin,
Nahot qulab tuşsa men turgan köprik.
Şukur, ustoz menga körsatdi karam,
Bağişladi bitta şeʼrimga qanot.
Şeʼriyat boğiga taşladim qadam,
Hamon ilhom berar öşa xotirot.
Asror MÖMIN,
şoir, Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi
P/S: Özbek adabiyotining zabardast namoyandasi Abdulla Oripov vafot etganiga bugun 10 yil böldi. Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri 2016-yil 5-noyabr kuni 75 yoşida vafot etgan. Adib millatning dardu quvonçini, orzu-armonlarini şeʼrga aylantirgan buyuk söz sanʼatkori edi. Uning ijodida Vatanga muhabbat, milliy ğurur, inson qadri, vijdon va sadoqat tuyğulari yuksak badiiy ifodasini topgan. Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi bölgan uluğ şoir xalqimiz qalbida nafaqat betakror şeʼrlari, balki millat ruhini uyğotgan, özligini anglaşga çorlagan teran fikrlari bilan ham mangu yaşaydi.