Umarali Rahmonaliyev «Barselona»ga qarşi bahs oldidan öz fikrlarini bildirdi
Hamyurtimiz jamoaning imkoniyatlariga işonişini ta’kidlab, Ispaniya grandiga qarşi bahsda munosib natija qayd etiş uçun bor kuçini işga solişini bildirdi.
Ozarbayjonning «Sabah» klubi yarim himoyaçisi Umarali Rahmonaliyev Yevropa çempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarşi ötkaziladigan uçraşuv oldidan matbuot anjumanida iştirok etdi.
Hamyurtimiz jamoaning imkoniyatlariga işonişini ta’kidlab, Ispaniya grandiga qarşi bahsda munosib natija qayd etiş uçun bor kuçini işga solişini bildirdi.
Rahmonaliyev mazkur uçraşuvni yoritiş maqsadida Özbekistondan Bokuga taşrif buyurgan jurnalistlarga ham alohida e’tibor qaratdi.
«Özbekistondan kelgan jurnalistlarni bu yerda körib turganimdan xursandman. Ertaga bizni qiziqarli uçraşuv kutmoqda. Biz öz kuçimizga işonamiz. Umid qilamanki, muxlislar bizni oxirigaça qöllab-quvvatlaydi. Ijobiy natijaga erişiş uçun qölimizdan kelgan barça işni qilamiz», — dedi Rahmonaliyev.
Ma’lumot uçun, Yevropa çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 5-turidan örin olgan «Sabah» – «Barselona» uçraşuvi bugun, 25-noyabr kuni Boku Olimpiya stadionida bölib ötadi.
Bahs Toşkent vaqti bilan soat 22:45 da boşlanadi.