TRT telekanali Xorazmning boy madaniyatini keng ommaga yoritadi
Turkiyaning yetakçi teleradiokompaniyalaridan biri bölgan TRT telekanali ijodiy jamoasi Xorazmning tarixiy-madaniy merosi, milliy anʼanalari va sayyohlik salohiyatiga bağişlangan maxsus dastur tayyorlaş maqsadida viloyatga taşrif buyurdi.
Beş kun davomida qadimgi Xivada «Bir Adım, Bin Avaz» körsatuvini suratga oliş işlari olib borildi. «Içan-qalʼa» davlat muzey-qöriqxonasi hududida maşhur «Lazgi» raqsi va milliy raqs sanʼati namoyiş etildi, anʼanaviy musiqa hamda milliy çolğu kuylari ijro etildi.
Suratga oliş guruhi sohaning taniqli vakillari hamda xizmat körsatgan sanʼat arboblari bilan muloqot qildi.
Şuningdek, TRT vakillari uçun maxsus mediatur taşkil etildi. Uning doirasida jurnalistlar Xivaning tarixiy yodgorliklari, öziga xos meʼmorçiligi, milliy madaniyati va sayyohlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi.
TRT telekanali tomonidan tayyorlangan uşbu maxsus körsatuv Xorazmning tarixiy-madaniy merosini keng tarğib qiliş hamda qadimiy zaminning sayyohlik jozibadorligini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Aziza Alimova, ÖzA