Nima uçun Toşkentga albatta sayohat qiliş kerak?
Germaniyaning nufuzli "TRAVELBOOK" onlayn sayohat jurnalida "Nima uçun Toşkentga albatta sayohat qiliş kerak?" sarlavhali maqola eʼlon qilindi. Unda Özbekiston poytaxtining boy tarixiy-madaniy merosi, öziga xos meʼmorçiligi, milliy taomlari va zamonaviy turistik imkoniyatlari haqida söz boradi.
2013-yilda taşkil etilgan "TRAVELBOOK" Germaniyaning yirik sayohat naşrlaridan biri bölib, "Axel Springer SE" mediakonserni tarkibiga kiradi. 2024-2025-yillarda jurnalning oylik auditoriyasi 2,13 million nafar foydalanuvçini, sahifa körişlar soni esa 8,59 millionni taşkil etgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi obunaçilari soni 210 mingdan oşadi.
Jurnalist Lena Braun qalamiga mansub maqolada Toşkent qadimiy Şarq anʼanalari va zamonaviy şaharsozlik uyğunlaşgan, sayyohlarga betakror taassurotlar taqdim etadigan şahar sifatida taʼriflanadi. Muallifning fikriça, poytaxtning asosiy jozibasi uning boy tarixi, rang-barang meʼmorçiligi va öziga xos hayot tarzida namoyon böladi.
Maqolada Toşkentning zamonaviy meʼmoriy qiyofasiga alohida eʼtibor qaratilgan. 1966-yilgi zilziladan keyin şaharda amalga oşirilgan keng kölamli bunyodkorlik işlari natijasida şakllangan binolarda modernistik uslub milliy naqşlar va anʼanaviy bezaklar bilan uyğunlaşgani taʼkidlanadi. Buning yorqin namunasi sifatida Özbekiston tarixi davlat muzeyi keltirilib, uning marmarli taşqi körinişi va milliy bezaklari Şarq amaliy sanʼati bilan zamonaviy arxitektura uyğunligini namoyon etişi qayd etiladi.
Şuningdek, maqolada Toşkent modernistik meʼmorçiligining xalqaro eʼtirofi, jumladan, YUNESKO Jahon merosi röyxatiga kiritilgan önta meʼmoriy obʼekt haqida söz boradi. Bu eʼtirof poytaxtning XX asr meʼmoriy merosini asrab-avaylaş va jahonga tanitişda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlangan.
Toşkentning tarixiy va diniy-maʼrifiy obidalari ham maqoladan munosib örin olgan. Jumladan, Hazrati Imom majmuasi köp asrlik özbek meʼmorçiligi va islom sivilizatsiyasi merosini aks ettiruvçi muhim maskan sifatida tavsiflanadi. 2026-yil mart oyida faoliyatini boşlagan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham alohida qayd etilib, unda qadimiy Usmon Mushafi kabi noyob tarixiy yodgorliklar namoyiş etilayotgani taʼkidlanadi.
Muallif sayyohlarga Kökaldoş madrasasi atrofidagi tarixiy muhit, hunarmandçilik dökonlari va milliy çoyxonalar bilan tanişişni ham tavsiya qiladi. Uning fikriça, Toşkentning öziga xosligi qadimiy obidalar va zamonaviy şahar hayotining tabiiy uyğunligidadir.
Nemis jurnalisti Toşkent metropolitenini ham öziga xos sanʼat galereyasiga qiyoslaydi. 1977-yilda Markaziy Osiyoda birinçi bölib işga tuşirilgan metro bekatlarining har biri alohida badiiy yeçim asosida bezatilgani, marmar, granit, sopol naqşlar va nafis qandillar ularga betakror qiyofa bağişlaşi qayd etiladi. Bugungi kunda metro tarmoği törtta yönaliş, 50 ta bekat va 70 kilometrdan ortiq yölni qamrab oladi. Zamonaviy elektr avtobuslari va rivojlangan jamoat transporti tizimi ham sayyohlarga şahar böylab qulay harakatlaniş imkonini beradi.
Maqolada poytaxtning eng jonli maskanlaridan biri - Çorsu bozoriga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Uning hozirgi asosiy binosi 1980-yillarda qurilgan bölsa-da, bu hududdagi savdo anʼanalari köp asrlik tarixga ega. Ulkan moviy gumbaz ostidagi rastalardagi quritilgan mevalar, ziravorlar, tandir nonlari, milliy matolar va hunarmandçilik buyumlari sayyohlarga özbek madaniyati va gastronomik anʼanalarini yaqindan his etiş imkonini beradi. Mirobod bozoriga taşrif buyuriş ham tavsiya etilgan.
Özbek milliy taomlari Toşkentning yana bir muhim turistik ustunligi sifatida eʼtirof etilgan. Muallif oş, somsa, tandir non va kök çoyni milliy dasturxonning ajralmas qismi sifatida qayd etadi.
Şu bilan birga, "Tashkent City" boği, musiqali favvoralar, şahar manzarasiga ega restoranlar va jonli musiqa maskanlari poytaxtning zamonaviy dam oliş hamda köngiloçar imkoniyatlari sifatida eʼtirof etilgan.
Qayd etiş joizki, "TRAVELBOOK" naşri 2026-yil 19-oktabrda Toşkentni 2027-yil uçun istiqbolli sayyohlik yönalişlari qatoriga ham kiritgan.
Umuman olganda, Özbekistonning Germaniyadagi elçixonasi bilan hamkorlikda tayyorlangan mazkur maqola Toşkentning tarixiy-madaniy merosi, zamonaviy infratuzilmasi, gastronomik anʼanalari va sayyohlik salohiyatini nemis öquvçilariga yaqindan taniştirişga xizmat qiladi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA