Toşkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Nurafşon şahridagi Yoşlar markazida texnikum bitiruvçilari va iş beruvçilar iştirokida "Karera kuni" mehnat yarmarkasi taşkil etildi.
Toşkent viloyati hokimligi hamda Kasbiy taʼlim boşqarmasi taşabbusi bilan ötkazilgan tadbirda hududdagi yirik sanoat korxonalari, tadbirkorlik subʼektlari hamda xorijiy hamkorlar özlarida mavjud böş iş örinlarini taqdim etib, yoşlarni işga joylaştiriş imkoniyatlari bilan taniştirdi. Şuningdek, mehnat yarmarkasida taklif etilayotgan iş örinlari, mehnat şaroitlari, iş haqi miqdori va xorijda mehnat faoliyatini olib boriş imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.

Tadbir davomida bitiruvçilar iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qilib, öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşiş, kasbiy malaka talablari va mehnat faoliyatiga oid savollariga javob oldi. Suhbat va saralaş jarayonlari natijasida bir qator yoşlar munosib iş örinlariga ega böliş imkoniyatini qölga kiritdi.
***
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qöşinlar institutida "Rahbar va yoşlar" uçraşuvi taşkil etildi.

Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent viloyati Kengaşi, Toşkent harbiy okrugi, Çirçiq harbiy prokuraturasi hamda institut hamkorligida ötkazilgan muloqotda kursantlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Jarayonda Toşkent harbiy okrugi qöşinlari qömondoni va Çirçiq harbiy prokurori mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, şuningdek, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida olib borilayotgan işlar haqida atrofliça maʼlumot berdi.
Şuningdek, harbiy okrug qöşinlari qömondoni öz xizmat faoliyati davomida erişgan yutuqlari, yöl qöyilgan kamçiliklar, ulardan çiqarilgan xulosalar va töplangan tajribalar bilan örtoqlaşdi. Bu esa kursantlar uçun harbiy xizmatning masʼuliyati va rahbarlik faoliyatiga oid muhim hayotiy saboq böldi.

***
Toşkent viloyati hokimi taşabbusi bilan Nurafşon şahrida şaxmat böyiça viloyat hokimi kubogi musobaqasi taşkil etildi.
Mazkur musobaqa yurtimizning yoş va iqtidorli grossmeysteri Javohir Sindarovning "Jahon toji" uçun keçgan keskin bellaşuvlari ortidan şaxmatga bölgan qiziqişni yanada oşiriş, uşbu sport turini keng ommalaştiriş maqsadida ötkazildi. Unda 7 yoşdan 70 yoşgaça bölgan 100 nafardan ziyod şaxmat ixlosmandlari iştirok etib, özlarining intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlaş qobiliyati va mahoratlarini namoyiş etdi.

Yakuniy natijalarga köra, ğolib va sovrindorlar 10 million, 7 million hamda 6 million sömlik vauçerlar bilan taqdirlandi. Umumiy sovrin jamğarmasi 100 million sömni taşkil etgan mazkur musobaqa turli yoş vakillarini bir maydonda jamlab, şaxmat nafaqat sport musobaqasi, balki tafakkur va intellektual salohiyatni rivojlantiriş vositasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.
A. Musayev, ÖzA