“Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi ğoliblari taqdirlandi
Toşkent şahar soğliqni saqlaş tizimi vakillari uçun bayram tadbiri taşkil etildi. Unda tizim mutasaddilari, poytaxt hokimligi masʼullari, soha xodimlari va jamoatçilik faollari iştirok etdi. Soğliqni saqlaş vaziri Eldor Adilov salomatlik posbonlarini kasb bayrami bilan tabriklab, Prezidentimizning alohida eʼtibori tufayli sohada erişilayotgan eng muhim yutuq va natijalarni eʼtirof etdi.
Tadbir doirasida ilk bor ötkazilgan “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovining bir qator ğoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Bayram dasturining badiiy qismida elimiz suygan sanʼatkorlar tomonidan şifokorlar mehnati, Vatan va ezgulikni madh etuvçi kuy-qöşiqlar yangradi.
***
Toşkentdagi «Gustave Roussy International Uzbekistan» markazida sarkoma – xavfli ösma turini davolaşga bağişlangan xalqaro kongress bölib ötdi.
Unda Fransiyaning maşhur «Gustave Roussy» onkologiya markazidan yetakçi mutaxassislar – tibbiy onkolog, patomorfolog va onkojarrohlar qatnaşdi. Anjumanda sarkomani aniqlaş va laboratoriyada tekşiriş usullari, qöl-oyoq va boşqa sohalardagi ösmalarni operatsiya qiliş yöllari, zamonaviy dori-darmonlar va yangi tibbiy yondaşuvlar muhokama qilindi. Murakkab kasallik holatlari yuzasidan şifokorlar özaro fikr almaşdi.
***
Toşkent davlat tibbiyot universitetida “Only English” – “Tibbiyotda ilmiy tadqiqotlar va amaliyot yutuqlari” mavzusida yoş olimlarning xalqaro ilmiy-amaliy anjumani taşkil etildi. Gibrid formatda ötgan nufuzli tadbirda mahalliy va xorijiy yoş tadqiqotçilar özlarining ilmiy maʼruzalari hamda innovatsion ğoyalari bilan iştirok etib, tibbiyot sohasidagi zamonaviy yondaşuvlar, ilm-fan va amaliyot integratsiyasiga oid dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Anjuman yoş olimlarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş hamda xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga kötarişda muhim platforma bölib xizmat qildi.
***
Koreya Respublikasida bölib ötayotgan ICMRA xalqaro sammiti doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi vakillari Singapur Soğliqni saqlaş fanlari boşqarmasi (HSA) hamda Braziliya Milliy sanitariya nazorati agentligi (ANVISA) rahbariyati bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.
Xususan, Singapur tomoni bilan döstona hamkorlikni amaliy bosqiçga olib çiqib, dori vositalari ekspertizasi, farmakonazorat, laboratoriya nazorati va raqamlaştiriş kabi beşta ustuvor yönaliş böyiça qöşma yöl xaritasini işlab çiqişga kelişib olindi. Braziliyaning ANVISA agentligi bilan muzokaralarda esa ikki idora örtasida yaqin hamkorlik memorandumini imzolaş masalasi atrofliça körib çiqilib, şeriklik hujjati loyihasi yuzasidan zarur taklif va mulohazalarni tez fursatda taqdim etişga kelişildi.
***
Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov «Generium» kompaniyasi vakillari hamda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti masʼullari bilan uçraşdi. Uçraşuvda klinik tadqiqotlar, biotexnologiyalar, texnologiyalar transferi va farmatsevtika işlab çiqarişini mahalliylaştiriş, xususan, Dyuşenn muşak distrofiyasini davolaşga möljallangan gen terapiyasi preparati böyiça klinik sinovlar ötkaziş masalalari muhokama qilindi.
Muloqot çoğida “BioPharma City” infratuzilmasidan foydalaniş va dori vositalarini yaratişda raqamli yeçimlarni qöllaş imkoniyatlari ham körib çiqilib, yakunda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti va «Generium» kompaniyasi örtasida uşbu sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA