Namanganda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari şaraflandi
Namangan şahridagi “Şodiyona” tantanalar majmuasida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar, jumladan, Namangan viloyatida sohani rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor xususida söz yuritildi.
Viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov soha vakillarini kasb bayrami bilan tabriklab, aholi salomatligini muhofaza qiliş yölida fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining xizmatlarini alohida eʼtirof etdi.
Şuningdek, tizimda uzoq yillar samarali mehnat qilib, kasbiga sadoqati va fidoyiligi bilan örnak körsatayotgan bir guruh soha xodimlariga faxriy yorliq va esdalik sovğalari topşirildi.
[gallery-32397]
Bayram tadbiri sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar va samimiy tabriklar bilan davom etdi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA