Suvning narxi: bir kub metr ortida qanday xarajatlar bor?
Içimlik suvi – inson hayoti uçun eng zarur neʼmatlardan biri. Ammo uning xonadongaça yetib kelişi ortida qança mehnat, energiya va mablağ sarflanişini köpçilik öylab ham körmaydi. Suv manbasidan isteʼmolçigaça bölgan masofa, nasos stansiyalari, minglab kilometr quvurlar, ularni taʼmirlaş va yangilaş zarurati bularning barçasi içimlik suvi taʼminoti tizimining ajralmas qismi.
Şu bois suv tarifi faqat bir kub metr içimlik suvi uçun belgilangan tölov emas. U, avvalo, aholiga uzluksiz va sifatli xizmat körsatiş, mavjud infratuzilmani saqlaş hamda uni rivojlantiriş imkoniyatlarini belgilaydigan iqtisodiy omildir.
Bugun sohada aynan şu masala – tariflarning şakllanişi, hududlar örtasidagi narx tafovuti, mavjud muammolar va kelgusi rejalar jamoatçilik eʼtiborida. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida ötkazilgan matbuot anjumanida “Özsuvtaʼminot” AJ rahbariyati va soha mutaxassislari atrofliça maʼlumot berdi. Unda jurnalist va blogerlar ham iştirok etib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Narxlar tafovutining sababi nimada?
Respublika böyiça içimlik suvi tariflariga nazar taşlasak, hududlar örtasida sezilarli farq bor. Masalan, Toşkent şahrida aholi uçun bir kub metr suv 1 ming 400 söm bölsa, Surxondaryo viloyatida bu körsatkiç 6 ming 800 sömni taşkil etadi. Xöş, nima uçun bir mamlakatning özida suv narxi bunçalik farq qiladi?
Buning asosiy sababi hududlarning tabiiy-geografik şaroiti va suvni isteʼmolçiga yetkazib beriş xarajatlari bilan boğliq. Ayrim joylarda suv manbalari aholiga yaqin bölsa, boşqa hududlarda uni yuzlab kilometr masofadan olib kelişga töğri keladi.
Masalan, Qoraqalpoğiston Respublikasiga içimlik suvi Tuyamöyin suv omboridan, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlariga esa “Damxöja” suv inşootidan yetkazib beriladi. Qaşqadaryo viloyatining ayrim hududlarida ham suv 150-200 kilometrgaça bölgan magistral quvurlar orqali uzatiladi.
Bunda masofaning uzoqligi bilan birga, suvni nasoslar yordamida kötariş, elektr energiyasi sarfi va quvurlarning texnik holatini saqlaş xarajatlari ham ortib boradi. Aholi ziçligi ham muhim: şaharda bir kilometr tarmoq yuzlab xonadonga xizmat körsatsa, aholi siyrak joylaşgan qişloqlarda bu körsatkiç ança past bölişi mumkin.
Demak, tariflar örtasidagi farq şunçaki narx belgilaşdagi tafovut emas, balki suvni olişdan tortib isteʼmolçiga yetkazib berişgaça bölgan jarayondagi xarajatlar natijasidir.
Bir kub metr suv tannarxida nimalar bor?
“Özsuvtaʼminot” AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi Islom Abdullayev sohaga oid maʼlumotlarni taqdim etar ekan, tariflarning şakllanişida elektr energiyasi, iş haqi, tarmoqlarni taʼmirlaş va xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar böyiça majburiyatlar muhim örin tutişini qayd etdi.
Xususan, bir kub metr içimlik suvi tannarxida iş haqi xarajatlari 29 foizni, elektr energiyasi 27 foizni, kreditlarni qaytariş 15 foizni, joriy va mukammal taʼmirlaş 10 foizni, amortizatsiya hamda boşqa xarajatlar 19 foizni taşkil etadi.
Keltirilgan raqamlardan körinib turibdiki, elektr energiyasi suv taʼminoti tizimidagi eng yirik xarajatlardan biri. Şuning uçun ham uning narxidagi har qanday özgariş suvni yetkazib beriş tannarxiga bevosita taʼsir körsatadi.
Jumladan, elektr energiyasi narxi 2023-yil 1-oktabrda bir kilovatt-soat uçun 450 sömdan 900 sömga, 2025-yil 1-maydan 1 ming sömga, 2026-yil 1-iyundan esa 1 ming 100 sömga oşirildi. Natijada uç yil davomida uşbu xarajat 2,4 barobar köpaydi.
Buning ustiga, suv tarmoqlarining bir qismi eskirgani sababli ularni taʼmirlaş, avariyalarni bartaraf etiş va yangi inşootlarni işçi holatda saqlaş uçun ham katta mablağ talab etiladi. Xalqaro moliya institutlari iştirokida amalga oşirilgan loyihalar böyiça kreditlarni qaytariş majburiyatlari ham tizimning moliyaviy yukini oşirmoqda.
Raqamlar nimani anglatadi?
Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, respublika böyiça aholi uçun içimlik suvining örtaça tarifi bir kub metr uçun 3 ming 765 sömni, qöşilgan qiymat soliği bilan 4 ming 217 sömni taşkil etadi. Oqova suv xizmatining örtaça tarifi esa 2 ming 8 söm.
Tariflarni oddiy misol bilan ham tuşuntiriş mumkin. Toşkent şahrida bir litr vodoprovod suvi isteʼmolçiga atigi 1 söm 40 tiyinga tuşadi. Dökonlarda esa bir litr qadoqlangan suvning örtaça narxi 4 ming söm atrofida. Demak, şu mablağga poytaxtda qariyb 2 ming 860 litr vodoprovod suvi yetkazib beriş mumkin.
Bu taqqoslaş suv taʼminoti xizmatining aholi uçun qançalik arzon ekanini körsatadi. Biroq masalaning ikkinçi tomoni ham bor: tariflar suvni yetkazib beriş, tarmoqlarni saqlaş va taʼmirlaş xarajatlarini qoplaşi lozim. Aks holda, korxonalarning mavjud infratuzilmani yangilaş imkoniyati çeklanadi.
Şu sababli tariflarni qayta körib çiqiş zarurati yuzaga kelmoqda. 2026-yil 1-iyunda elektr energiyasi narxi oşirilganidan keyin hududiy korxonalar tomonidan yangi takliflar kiritildi. 27-oktabr holatiga köra, oltita korxonada tariflar tasdiqlangan, yana öntasida jarayon davom etmoqda.
Jumladan, Andijonda aholi uçun içimlik suvi tarifi 1 ming 650 sömdan 2 ming 500 sömga, Navoiyda 3 ming 500 sömdan 4 ming 200 sömga, Samarqandda 2 ming 800 sömdan 3 ming 600 sömga, Surxondaryoda 5 ming 300 sömdan 6 ming 800 sömga, Toşkent viloyatida 2 ming 600 sömdan 3 ming 100 sömga özgargan.
Şu bilan birga, tariflarni qayta körib çiqiş jarayonining keçikişi ham tizim uçun qöşimça muammolarni keltirib çiqarmoqda. Çunki elektr energiyasi va boşqa resurslar narxi oşgan şaroitda avvalgi tariflar böyiça işlaş korxonalarning qöşimça xarajatlarini qoplaş imkoniyatini çeklaydi.
Qarzdorlik – umumiy masʼuliyat masalasi
Suv taʼminoti tizimining barqaror işlaşi nafaqat iqtisodiy asoslangan tariflarga, balki isteʼmolçilarning tölov intizomiga ham boğliq. Zero, tuşumlar öz vaqtida kelib tuşmasa, korxonalarning elektr energiyasi uçun hisob-kitob qilişi, tarmoqlarni taʼmirlaşi va xizmatlar sifatini yaxşilaşi qiyinlaşadi.
2026-yil 1-oktabr holatiga “Özsuvtaʼminot” AJ tizimida isteʼmolçilarning jami qarzdorligi 542,6 milliard sömni taşkil etgan. Uning 430,7 milliard sömi aholi, 111,8 milliard sömi yuridik isteʼmolçilar hissasiga töğri keladi.
Bu raqamlar tölov intizomini oşiriş qançalik muhimligini körsatadi. Qarzdorlikni kamaytiriş maqsadida isteʼmolçilar bilan manzilli iş olib borilmoqda, tölovlarni öz vaqtida amalga oşiriş böyiça tuşuntiriş işlari kuçaytirilmoqda.
2027-yil 1-yanvardan qarzdorlikni undiriş tartibida ham özgarişlar joriy etilişi belgilangan. Yangi mexanizmga köra, qarzdorlik miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining ming baravarigaça bölsa, notarial tartibda, undan ortiq bölganda esa sud orqali undiriladi. Belgilangan tartibda ijro hujjati rasmiylaştirilgandan keyin ham majburiyat bajarilmasa, qonunçilikda nazarda tutilgan çoralar köriladi.
Bunda Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga mazkur tartib qöllanilmasligi ham muhim jihatdir.
Yangi yondaşuv va kelgusi vazifalar
Sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etiş, tariflarni belgilaş jarayonini takomillaştiriş va korxonalarning moliyaviy barqarorligini taʼminlaş maqsadida yangi tizimga ötilmoqda.
Xususan, Prezidentning 2026-yil iyul oyidagi PF-140-son farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan içimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlaş vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga ötkaziladi. Bu orqali tariflarni alohida hududlar kesimida emas, yagona iqtisodiy mezonlar asosida körib çiqiş közda tutilgan. Şuningdek, 2027-yil 1-apreldan byudjet taşkilotlari uçun yagona tarif joriy etiladi.
Yangi yondaşuv, avvalo, resurslar narxi özgarganda tariflarni öz vaqtida qayta körib çiqiş, korxonalarning qöşimça xarajatlarini kamaytiriş va mablağlarni tarmoqlarni taʼmirlaş hamda modernizatsiya qilişga yönaltiriş imkonini berişi kutilmoqda.
Zero, suv taʼminoti sohasidagi har bir özgarişning yakuniy maqsadi aholiga sifatli, xavfsiz va uzluksiz xizmat körsatişdir. Bu esa nafaqat soha korxonalari, balki har bir isteʼmolçining ham masʼuliyatini talab etadi.
Tadbir yakunida jurnalist va blogerlar soha mutaxassislariga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Tariflarning şakllanişi, hududlardagi narxlar tafovuti, qarzdorlik va kelgusidagi özgarişlar yuzasidan berilgan savollarga atrofliça javob qaytarildi.
Aslida, suvning qadri uning narxi bilangina ölçanmaydi. Uni asraş, isrof qilmaslik, körsatilgan xizmat uçun öz vaqtida haq tölaş va soha barqarorligiga masʼuliyat bilan yondaşiş ham umumiy vazifamizdir. Zero, bugungi tejamkorlik va tölov intizomi ertangi kunning işonçli suv taʼminoti uçun xizmat qiladi.
[gallery-32283]
Nilufar Bozorova, ÖzA