Suv 20 foizga kamaydi, aholi 2 barobar oşdi – Özbekiston taqçillikni qanday yengmoqda?
Suv xavfsizligi bugun nafaqat Özbekiston, balki butun dunyo uçun strategik ahamiyatga ega masalalardan biriga aylanmoqda.
Suv taqçilligi, iqlim özgarişi va suv resurslariga bölgan ehtiyojning ortişi mavjud zaxiralardan oqilona foydalaniş, tejamkor texnologiyalarni keng joriy etiş hamda transçegaraviy suvlar böyiça özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaşni taqozo etadi.
Ayniqsa, suv resurslarining 80 foizdan ortiği mamlakatimiz taşqarisida şakllanişini hisobga olsak, bu masalaga kompleks yondaşiş, içki imkoniyatlardan samarali foydalaniş va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev bilan keçgan suhbatimizda sohada amalga oşirilayotgan islohotlar, obi-hayotni tejovçi texnologiyalarni joriy etiş natijalari, suv taqçilligi xavfini kamaytiriş çoralari haqida söz bordi.

– Şavkat Rahimoviç, mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni paytda suğoriladigan maydonlarning qança qismi tejovçi texnologiyalar bilan qamrab olingan?
– Töğri aytdingiz, mamlakatimizda suv xöjaligi sohasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilib, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, isrofgarçilikni kamaytiriş va suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Bu borada qabul qilingan farmon va qarorlar asosida sohada aniq maqsad va vazifalar belgilangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda jami 4 million 300 ming gektar suğoriladigan maydon mavjud. Yil boşida uşbu maydonlarning 60 foizi suv tejovçi texnologiyalar bilan qamrab olingan edi. Joriy yilning özida qariyb 600 ming gektarda bu texnologiyalarni joriy etiş işlari amalga oşirildi. Natijada qamrov darajasi 65 foizdan oşdi. 2031-yilga borib esa barça suğoriladigan maydonlarni suv tejovçi texnologiyalar bilan qamrab olişni maqsad qilganmiz.
Buning samarasi, avvalo, bir gektar maydonga sarflanadigan suv miqdorida körinadi. Masalan, ilgari bir gektar paxta maydoniga 6-7 ming kub metr suv berilgan bölsa, hozir bu körsatkiç 3-4 ming kub metrni taşkil etmoqda. Bunda suv sarfi qariyb ikki barobar qisqarmoqda. Boşqa ekin turlarida ham tomçilatib va yomğirlatib suğoriş usullari orqali suv tejaladi. Ayrim ekinlarda bu körsatkiç 30-40 foizni, boşqalarida esa yarmini yoki undan ham köproğini taşkil etadi.
Suv tejovçi texnologiyalarning samarasi faqat suv sarfining kamayişi bilan çeklanmaydi. Ular mineral öğitlar, yoqilği-moylaş mahsulotlari, texnika va mehnat resurslari bilan boğliq xarajatlarni ham qisqartiradi. Natijada mahsulot tannarxi pasayadi, ayrim maydonlarda esa hosildorlik qariyb ikki barobar oşişi mumkin. Demak, bu texnologiyalar suvni tejaş bilan birga qişloq xöjaligi işlab çiqarişining iqtisodiy samaradorligini ham oşiradi.
Suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş hisobiga yiliga qariyb 5 milliard kub metr suv tejalmoqda. Bu esa mavjud suv resurslaridan yanada unumli foydalaniş imkonini beradi.
– Suğoriş tarmoqlarini betonlaştiriş işlari haqida gapirsangiz. Bu borada qanday natijalarga erişilmoqda?
– Suv tejaş faqat dalada suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş bilan çeklanmaydi. Suğoriş tarmoqlarini betonlaştiriş ham bu borada juda muhim. Çunki ayrim kanallarda foydali iş koeffitsiyenti 50-60 foizgaça tuşib ketgan edi. Betonlaştiriş işlari natijasida bu körsatkiçni 90-95 foizga yetkaziş imkoni yaratilmoqda.
Hisob-kitoblarga köra, kanallarni betonlaştiriş orqali yiliga taxminan 5 milliard kub metr suv tejalmoqda. Suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş hisobiga ham qariyb 5 milliard kub metr suv tejaladi. Joriy yilda barça çora-tadbirlar natijasida qariyb 11 milliard kub metr suv tejaşga erişdik. Agar bu işlar amalga oşirilmaganida, şunça miqdordagi suv taqçilligi yuzaga kelgan bölardi.
Betonlaştirilişi lozim bölgan suğoriş tarmoqlarini 2035-yilgaça töliq qamrab oliş rejalaştirilgan. Biroq barça kanallarni betonlaştiriş mumkin emas. Ayrim daryo va soylar, şuningdek, drenaj vazifasini bajaradigan yirik kanallar bor. Bundan taşqari, avval betonlangan kanallar ham vaqt ötişi bilan taʼmirtalab holga keladi. Şuning uçun bu jarayon doimiy davom etadi.
– Suv resurslari kamayib borayotgani, aholi va iqtisodiyot ehtiyojlari esa ortib borayotgani şaroitida suv taqçilligi xavfini qanday baholaysiz?
– Mustaqillikdan oldingi davrda Özbekiston yiliga örtaça 64 milliard kub metr suv olgan. Hozirgi kunda esa bu körsatkiç 51-52 milliard kub metrni taşkil etmoqda. Yaʼni, avvalgi davrga nisbatan suv oliş hajmi 20-21 foizga kamaygan. Şu bilan birga, aholi soni ikki barobar oşdi, suvga bölgan talab ham sezilarli ortdi. Qişloq xöjaligi, sanoat, baliqçilik va ekologik ehtiyojlar uçun suv zarur.
Hisob-kitoblarga köra, 2030-yilga borib suv taqçilligi 15 milliard kub metrga yaqinlaşişi mumkin. Şu bois biz suvni tejaş böyiça çora-tadbirlarni yanada kuçaytirişimiz kerak. Kanallarni betonlaştiriş, nasoslarning samaradorligini oşiriş, suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş orqali yiliga 15 milliard kub metr suv tejaş maqsad qilingan.
Bu boradagi natijalarni qişloq xöjaligi hosildorligi misolida ham köriş mumkin. Joriy yilda 5 million tonna paxta hosili olindi. Avvalgi yillarda bu körsatkiç 3 million tonna atrofida edi. Ğalla hosili esa 10 million tonnaga yetdi, kelgusida 15 million tonnalik marra belgilangan. Bu natijalar suv sarfini köpaytiriş hisobiga emas, balki agrotexnika, ilm-fan yutuqlari va suv tejovçi texnologiyalarni qöllaş orqali taʼminlanmoqda.
Raqamlaştiriş va sunʼiy intellektni joriy etiş ham suv resurslarini tezkor va samarali boşqarişga xizmat qilmoqda. Bu çoralarning barçasi suvdan oqilona foydalaniş va taqçillik xavfini kamaytirişga qaratilgan.
– Suv resurslarining köp qismi mamlakatimiz taşqarisida şakllanadi. Şuni hisobga olsak, transçegaraviy suvlar bilan boğliq masalalar, xususan, Qöştepa kanali va Roğun GESi böyiça nima deya olasiz?
– Suv resurslarimizning 80 foizdan ortiği transçegaraviy suvlar hisobidan şakllanadi. Şuning uçun qöşni davlatlar bilan doimiy muloqot va hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Qöştepa kanali hozir quriliş jarayonida. Hali bu kanaldan suv olinmayapti. Uning quriliş jarayoni qanday keçayotgani, qanday işlar amalga oşirilayotganini kuzatib boryapmiz. Afğoniston bilan bu masalada doimiy muloqot olib borilmoqda. Ötgan hafta ham Afğoniston qişloq xöjaligi vaziri örinbosari boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi.
Afğoniston ham Amudaryo suvidan foydalaniş huquqiga ega. Kanal qurilişi tugaganidan keyin qança suv olinişi va boşqa masalalar böyiça kelişuvlarga erişiş, tegişli hujjatlarni imzolaş rejalaştirilgan.
Roğun GESi böyiça esa quriliş işlari kamida 4-5 yil davom etadi. Suv omborini töldiriş jarayoni taxminan 2035-yilgaça çöziladi. Uning loyihaviy siğimi 13,3 milliard kub metr, töğonning balandligi 335 metrni taşkil etadi. Hozir töğon 200 metrdan baland qilib qurilgan. Yangi inşootni birdaniga töldirib bölmaydi. Hozirça 1-1,5 milliard kub metr suv töplaşga ruxsat bölgan va suv bosqiçma-bosqiç jamğarilmoqda.
Biz Amudaryo böyiça belgilangan suv limitlarimizni olyapmiz. Tojikiston Özbekistonning suv uluşini olayotgani yöq. Bu jarayonda Nurek suv omborini boşqariş, suvni oylar kesimida taqsimlaş masalalari muhim. Bu borada Tojikiston bilan muntazam uçraşuvlar ötkazib, hamkorlik qilyapmiz.
– Xitoy kompaniyalari bilan irrigatsiya tarmoqlarini betonlaştiriş böyiça hamkorlikda işlar olib borilmoqda. Loyihalarni amalga oşiriş muddatlariga taʼsir körsatayotgan omillar nimalardan iborat?
– Xitoy bilan suv xöjaligi sohasida köp yillik hamkorligimiz bor. Şu davrda Xitoy bilan 15 dan ortiq yirik loyiha amalga oşirilgan. Ularning umumiy qiymati bir milliard dollardan ortiqni taşkil etadi. Bu loyihalarning samaradorligi yuqori bölgan, ayrimlari imtiyozli kreditlar asosida bajarilgan.
Masalan, Janubiy Qoraqalpoğistondagi drenaj loyihasi 100 ming gektar yerning meliorativ holatini yaxşilaşga xizmat qilgan. Törtköl, Ellikqalʼa va Beruniy tumanlarida avval yer osti suvlarini Amudaryoga taşlaydigan ikkita meliorativ nasos stansiyasi işlagan. Bu suvlar ifloslangan bölib, daryoga taşlanişi ekologik muammolarni keltirib çiqarişi mumkin edi. Loyiha doirasida 300 kilometr kollektor qurildi. Tenderning dastlabki qiymati 48 million dollar bölgan, Xitoy kompaniyasi işni 33 million dollarga yutib, 31 million dollarga bajarib bergan.
Şuningdek, Qoraköl, Uluğnor, Raiş-Haqqulobod, Gulbahor nasos stansiyalarini rekonstruksiya qiliş, boşqa hududlarda meliorativ holatni yaxşilaş işlarida ham Xitoy kompaniyalari iştirok etgan. Qoraköl nasos stansiyasi uçun foizsiz kredit, boşqa ayrim loyihalar uçun esa 30 yillik, 1-1,5 foizli imtiyozli kreditlar ajratilgan.
Hozir ham Xitoy kompaniyalari bilan irrigatsiya tarmoqlarini betonlaştiriş böyiça muzokaralar olib borilyapti. Bu jarayonda asosiy masala narx bilan boğliq. Biz tenderda taklif qilingan har qanday narxga rozi böla olmaymiz, çunki Özbekiston manfaatini hisobga olişimiz kerak. Xitoy kompaniyalarining texnikani özlari olib kelişi, mahalliy şaroitni yaxşi bilmasligi, qum va şağalni qayerdan oliş masalasi kabi omillar tannarxga taʼsir qilmoqda. Şuning uçun ularga mahalliy xomaşyo manbalari va boşqa imkoniyatlarni körsatiş orqali xarajatlarni kamaytirişga kömaklaşişimiz mumkin.
Loyihalardan biri Qaşqadaryo viloyatiga, ikkinçisi esa Buxoro, Surxondaryo va Namangan viloyatlariga tegişli. Bu işlar uçun belgilangan byudjet doirasida kelişuvga erişiş maqsad qilingan. «Sinohydro» kompaniyasi bilan ham muzokaralar davom etmoqda. Kompaniya yakuniy taklifini 1-dekabrgaça taqdim etişini bildirgan. Tender jarayoni hali yakunlanmagani sababli narxlar va ayrim moliyaviy maʼlumotlarni hozirça oşkor qilmaymiz.
– Ifloslangan suvlarning daryo va kanallarga tuşişining oldini oliş, yomğir suvlarini töplaş va zovur-oqava suvlaridan qayta foydalaniş böyiça qanday işlar amalga oşirilmoqda?
– Daryo, soy va kanallarga ifloslangan suvlar tuşişining oldini oliş muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yönalişda nazorat punktlari mavjud bölib, tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda. Asosiy maqsad suv manbalarining ifloslanişiga yöl qöymaslik va ularning sifatini saqlaşdan iborat.
Toşkent va Yangi Toşkentda yomğir suvlarini töplaş, ularni keyinçalik daraxtlarni suğoriş va boşqa maqsadlarda işlatiş böyiça loyihalar işlab çiqilgan. Ayrim hududlarda yomğir suvlari yer ostidagi maxsus rezervuarlarda jamğarilişi közda tutilgan. Bu borada loyiha institutlari bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda. Öylaymanki, uç yil, köpi bilan beş yil içida bu masalada sezilarli natijalarga erişamiz.
Buxoroda ham Amudaryoga oqib tuşayotgan ifloslangan suvlarni maʼlum darajada tozalab, kölga yönaltiriş işlari amalga oşirilmoqda. Bunday işlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham olib borilmoqda.
Imkon bölgan joylarda zovur va oqava suvlaridan sifatiga qarab qayta foydalaniş çoralari körilmoqda. Yer osti suvlaridan ham quduqlar orqali foydalaniş imkoniyatlari örganilyapti. Asosiy maqsad suv resurslaridan oqilona foydalaniş va ifloslanişning oldini olişdir.
– Suv taʼminoti böyiça xalqaro körsatkiçlarda Özbekistonning örni qanday? Bu sohaga davlat byudjeti hisobidan qança mablağ yönaltirilmoqda?
– Suv taʼminotidagi qiyinçilik darajasini baholaydigan xalqaro indekslar mavjud. Vazirlikdagi maʼlumotlarga köra, uşbu indeks 2017-yilda 169 foizni taşkil etgan bölsa, 2022-yilda 122 foizga tuşgan. Yaʼni uşbu davrda körsatkiç 47 foiz bandga yaxşilangan. Keyingi beş yilda uni 117 foizga, 2030-yilga borib esa 95 foizga yetkaziş maqsad qilingan.
Şuningdek, suv taʼminoti, suğoriladigan maydonlarni suv bilan taʼminlaş, kanallarni betonlaştiriş va suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş kabi yönalişlar böyiça körsatkiçlar tahlil qilinmoqda. Vazir sifatida aytişim mumkinki, suv tejaş, suv taʼminoti va irrigatsiya sohasidagi bir qator körsatkiçlar böyiça Özbekiston xalqaro ekspertlar baholaşida dunyoda birinçi örinni egallagan.
Jahon banki vakili Saroj Kumar Jha keltirgan maʼlumotlarga köra, dunyo böyiça içimlik suvi va suğoriş tizimlariga byudjetdan ajratiladigan mablağlar örtaça 0,4 foizni taşkil etadi. Özbekistonda esa yil boşida tasdiqlangan davlat byudjeti xarajatlarining 3,2 foizi uşbu sohaga yönaltirilişi belgilangan. Qöşimça dasturlar va «Oçiq byudjet» mablağlarini ham hisobga olsak, bu körsatkiç 4 foizga yaqinlaşadi.
Bu jahon böyiça örtaça körsatkiçdan taxminan 10 barobar yuqori. Davlatimiz tomonidan suv taʼminoti va suv xöjaligi sohasiga katta eʼtibor qaratilayotgani amalga oşirilayotgan işlar uçun muhim moliyaviy asos bölmoqda.
Suv resurslaridan oqilona foydalaniş, tejamkor texnologiyalarni keng joriy etiş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş va transçegaraviy hamkorlikni mustahkamlaş Özbekistonda suv xavfsizligini taʼminlaşning muhim şartlaridir. Bu yönalişlarda amalga oşirilayotgan işlar nafaqat bugungi ehtiyojlarni qondirişga, balki kelgusi avlodlar uçun suv zaxiralarini asraşga ham xizmat qiladi.
ÖzA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva suhbatlaşdi.