Özbekiston va Xitoy atom energetikasi sohasida strategik hamkorlikni mustahkamlaydi
Jahonda energetika resurslariga bölgan talab ortib borayotgan bir şaroitda atom energetikasi barqaror va işonçli energiya taʼminotini taʼminlaşning muhim yönalişlaridan biriga aylanmoqda. Şu nuqtai nazardan, Özbekistonning atom energetikasi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirişi, ilğor texnologiyalar va xorijiy tajribani özlaştirişi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ayni yönalişda Özbekiston va Xitoy örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston Respublikasi energetika vaziri Şerzod Xöjayev hamda “Özatom” agentligi direktori Azim Ahmedxöjayevning Xitoy Xalq Respublikasiga taşrifi doirasida Xitoy davlat energetika boşqarmasi direktori Van Xunçji va Xitoy atom energiyasi agentligi raisi Şan Çjunde bilan uçraşuvlar bölib ötdi.
Muloqotlar çoğida ikki davlat örtasida energetika sohasidagi strategik şeriklikni yanada rivojlantiriş, xususan, atom energetikasi yönalişida yangi hamkorlik imkoniyatlarini işga soliş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Xususan, Xitoyning atom energetikasi sohasida töplagan boy tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va ilmiy-texnik salohiyatidan foydalaniş istiqbollariga alohida urğu berildi.
Şuningdek, atom elektr stansiyalarini xavfsiz va samarali işlatiş, yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik talablariga rioya etiş, malakali mutaxassislarni tayyorlaş hamda sohada özaro tajriba almaşiş kabi muhim yönalişlarda hamkorlikni yölga qöyiş masalalari muhokama markazida böldi.
Uçraşuvlar yakunida tomonlar atom energetikasi sohasida uzoq muddatli, barqaror va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanliklarini taʼkidladi.
Energetika vazirligi axborot xizmatiga köra, mazkur muloqotlar Özbekistonda atom energetikasini rivojlantiriş, sohada xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, şuningdek, ikki davlat örtasidagi energetik şeriklikni mustahkamlaş yölida muhim ahamiyat kasb etadi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA