Sayyor qabul: aholi murojaatlariga e’tibor qaratildi
Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning muammolariga yechim topish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Shahrisabz shahrida sayyor qabul tashkil etildi.
Murojaatlar asosan nogironlikni belgilash, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ajratish, muhtoj shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash hamda sanatoriylarga yo‘llanma olish kabi yo‘nalishlarda bo‘ldi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya sohasiga oid 27 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning qariyb 10 tasi ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul ijrochilar belgilanib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

- Yoshim 60 da. Sog‘lig‘im yaxshi emasligi tufayli davolanishga order olish masalasida murojaat qildim, amaliy yordam beriladigan bo‘ldi, - deydi Marhamat Bahodirova. - Bu kabi sayyor qabullarning o‘tkazilishi odamlarga ancha yordam bo‘lyapti. Prezidentimizga rahmat, chunki biz kabi fuqarolarga juda katta imkoniyat yaratib berganmoqda.

O‘tkazilayotgan sayyor qabullar aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, tezkor hal etish hamda fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri