Qora dengizda dronlar: Yevropa xavfsizligi sinovda…
Qora dengizda savdo kemalari nishonga olingan dron hujumi tufayli ikki kishi halok bo‘ldi. Ruminiya va Bolgariya sohili yaqinidagi hodisa Yevropa Ittifoqining mintaqadagi dengiz xavfsizligi rejasini sinovdan o‘tkazmoqda.
Ruminiya suv hududida Ukraina g‘allasini olib ketayotgan Turkiyaga tegishli kemada dron zarbasidan so‘ng yong‘in chiqib, sahnidagi ikki inson bilan birga kema cho‘kib ketgan. Prezident Vladimir Zelenskiy hujum Rossiya droni tomonidan amalga oshirilganini aytgan. Bir kun o‘tib, Bolgariya qirg‘og‘idan 130 kilometr joyda yana bir savdo kemasi g‘arq bo‘ldi, boshqasi shikastlandi. Bosh vazir Rumen Radev hodisani “mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan” holat sifatida baholasa-da, hozircha biror aybdorni ko‘rsatmagan.
YeI 2025-yil Qora dengiz xavfsizligini kuchaytirish rejasini qabul qilgan va shu asosda 65 loyihaga 200 million yevro yo‘naltirgan. Ruminiya va Bolgariya portlarida Qora dengiz xavfsizligi markazi – kema harakati, dengiz osti infratuzilmasi va ehtimoliy tahdidni kuzatish tizimi tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Binobarin, ko‘hna qit’a Mudofaa agentligi hisobotida dengiz qurol-yarog‘i, raketa va uzoq masofaga zarba yo‘llash vositalaridan mudofaa hamda dengiz osti infratuzilmasini himoya qilish borasida jiddiy kamchiliklar borligi qayd etilgan. Mutaxassislar fikricha, hozirgi vaziyat xavfsizlik strategiyasidan tashqari dronni oldindan aniqlaydigan radar, sensor va razvedka imkoniyati kuchaytirilishini ham taqozo etadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA