Rossiya NATOdan 1997-yildagi çegaraga qaytişni talab qildi (+video)
Rossiya Abu-Dabida bölib ötgan muzokarada NATOdan öz qöşinini amalda 1997-yildagi çegaraga qaytariş, Ukrainaga harbiy yordam berişni töxtatiş hamda yadro qurolidan birga foydalaniş amaliyotidan voz keçişni talab qildi. Bu haqda “The New York Times” öz manbalari va muzokara iştirokçilari tarqatgan norasmiy hujjatga tayanib xabar berdi.
Naşr maʼlumotiga köra, Abu-Dabida Ukraina va AQŞ vakillari bilan ötkazilgan muzokarada Rossiya tomoni NATOdan qöşinini 1997-yildagi mavqeiga qaytariş, Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatişni talab qilgan. Şuningdek, Fransiya va Buyuk Britaniya öz yadroviy qurolidan boşqa davlatlarni himoya qiliş maqsadida foydalaniş imkoniyatidan voz keçişi kerakligi bildirilgan.
Manbalar aytişiça, uşbu hujjat Rossiyaning dastlabki pozitsiyasini aks ettiradi. RF rasmiylari muzokarada Vladimir Putin hali ayrim masalalarda murosaga kelişi mumkinligini bildirgan.
Hujjatda Rossiya 2021-yil ilgari surgan talablar yana bir bor takrorlangan. Yaʼni, NATO öz tarkibini kengaytirmasligi, Ukraina, Şarqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz hamda Markaziy Osiyo hududlarida har qanday harbiy faoliyat töxtatilişi kerak.
Bundan taşqari Rossiya NATOdan öz qöşini va harbiy bazalarini alyansning 1997-yildagi çegaralariga qaytarişni talab qilmoqda. Bu NATOning Markaziy va Şarqiy Yevropada kengayişidan oldingi holatga qaytişni anglatadi.
Taʼkidlanişiça, bunday qaror Polşa va Boltiq böyi davlatlari – Estoniya, Latviya va Litvaning özini himoya qiliş imkoniyatini sezilarli darajada zaiflaştiradi.
Şuningdek, Kreml Fransiya va Buyuk Britaniyadan öz yadroviy qurolidan boşqa Yevropa davlatlarini himoya qiliş uçun foydalaniş imkoniyatidan voz keçişini talab qilmoqda. Bu sönggi vaqt Yevropada faol muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Yana bir muhim talab şuki, Ğarb davlatlari Ukrainaga har qanday turdagi qurol-yaroq, harbiy texnika va boşqa harbiy mahsulot yetkazib berişni töxtatişi kerak. Şuningdek, Rossiya Ukraina Yevropa Ittifoqiga aʼzo bölişiga faqat bir şart bilan rozi bölişi mumkinligi bildirilgan. Buning uçun Kiyev YEI umumiy mudofaa siyosatida iştirok etmasligi kerak.
Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov (video), ÖzA