Qozoğistondan Tojikistonga tranzit qilinayotgan prekursorlar töxtatib qolindi
DXX Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi, Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari hamda bojxona idoralari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida tegişli ruxsatnomasiz olib ötilayotgan kimyoviy moddalarning tranziti töxtatildi.
Maʼlum bölişiça, «Sariosiyo» çegara bojxona postida Qozoğistondan yölga çiqqan va uşbu mamlakat fuqarosi boşqaruvidagi «Volvo» rusumli yuk avtomobili tekşiruvdan ötkazilganda, hujjatlarda qayd etilmagan 1 tonna 245,5 kilogramm sirka kislotasi angidridi aniqlangan.
47 ta polietilen idişga joylangan mazkur prekursor Özbekiston hududi orqali Tojikistonga tranzit tarzda olib ötilişi rejalaştirilgan.
Ayni paytda uşbu holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Hamroz Bayonov, ÖzA