Hamkorlikda dual taʼlim yölga qöyiladi
Guliston davlat pedagogika institutida «Dual taʼlim tizimi: Özbekiston va Germaniya köprigi» mavzusida onlayn davra suhbati taşkil etildi. Unda Germaniya akademik almaşinuv xizmati (DAAD) taşkiloti vakili Johanna Mayer, Guliston davlat pedagogika institutining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Nurbek Ayaqulov hamda institut professor-öqituvçilari iştirok etişdi.
Muloqot davomida dual taʼlim tizimining mazmun-mohiyati, uning taʼlim sifatini oşirişdagi örni, Özbekiston va Germaniya örtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollari hamda xalqaro tajriba almaşiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, dual taʼlim nazariy bilimlarni amaliy könikmalar bilan uyğunlaştiriş, talabalarni mehnat bozori talablariga mos tayyorlaş va ularning kasbiy salohiyatini oşirişda muhim ahamiyatga ega. Bu tizimda taʼlim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlik alohida örin tutib, talabalarning öqiş jarayonidayoq amaliy tajriba töplaşiga zamin yaratadi.
Institut ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Nurbek Ayaqulov ham Özbekiston va Germaniya örtasidagi taʼlim hamkorligining ahamiyatiga töxtalib, bunday muloqotlar ilğor xorijiy tajribani örganiş va uni milliy taʼlim tizimiga moslaştiriş uçun muhim imkoniyat ekanini taʼkidladi. Uning fikriça, dual taʼlimni rivojlantiriş orqali nazariya va amaliyot örtasidagi uzviylikni kuçaytiriş, bölajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini yanada takomillaştiriş mumkin.
Davra suhbatida Germaniya tajribasi, taʼlim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlik mexanizmlari, xalqaro akademik aloqalarni kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, dual taʼlim tizimini takomillaştirişga qaratilgan taklif va taşabbuslar muhokama qilindi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri