Qişloq va suv xöjaligida mintaqaviy hamkorlik: Özbekiston tajribasi örganilmoqda
Özbekistonda 2-7-noyabr kunlari Markaziy Osiyo va Ozarbayjondan 30 nafar mutaxassis qişloq va suv xöjaligida barqaror boşqaruv böyiça xalqaro dasturda qatnaşdi. Mazkur tajriba almaşinuvi mintaqaviy hamkorlik uçun yangi imkoniyatlarni oçib beradi.
Joriy yil Toşkent şahri, Toşkent va Samarqand viloyatlarida “Qişloq va suv xöjaligida barqaror boşqaruv va samaradorlik” maxsus xalqaro öquv-tanişuv dasturi ötkazildi. Tadbir taşkilotçilari — Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi va Agrobank. Unda Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonning qişloq va suv xöjaligi sohasida faoliyat yurituvçi 30 nafar rahbar va mutaxassislari iştirok etdi.
Maqsad qişloq va suv xöjaligida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş, tajriba almaşiş, Özbekistonning agrar va suv xöjaligi majmualarini boşqarişdagi zamonaviy yondaşuvlarini taniştiriş, şuningdek, Özbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Respublikasi örtasidagi yaxşi qöşniçilik va şerikçilik munosabatlarini mustahkamlaşdan iborat.

- Mehmonlar Özbekistonda suv xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholaşdi, - deydi Qişloq xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği Akmal Şamsiyev. – Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, suv tanqisligining oldini oliş, suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy qiliş hamda qişloq xöjaligidagi islohotlarni birgalikda amalga oşiriş böyiça yaqin hamkorlikda işlaş taklifini bildirişdi.
Olti kun davomida xorijiy mehmonlar sohadagi yetakçi korxonalar, laboratoriyalar va ilmiy markazlarda bölib, mutaxassislar bilan amaliy muloqot qildi. Dasturning rasmiy oçilişi 2-noyabr kuni “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida bölib ötdi.

Tadbir davomida mehmonlarga mamlakatimizda agrar sohani klaster tizimi asosida rivojlantiriş, işlab çiqariş jarayonlarini samarali taşkil etiş hamda qöşilgan qiymat zanjirini şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar va erişilgan natijalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş, mavjud suğoriş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va har bir tomçi suvdan unumli foydalanişga qaratilgan çora-tadbirlar yuzasidan taqdimot ötkazildi.

Taşrif dasturining keyingi qismida mehmonlar universitet kampusi faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Bu yerda qişloq va suv xöjaligi uçun zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega kadrlar tayyorlaş, taʼlim jarayoniga ilğor texnologiyalarni tatbiq etiş, mexanizatsiya, raqamlaştiriş, atrof-muhit muhofazasi hamda yer resurslarini boşqariş yönalişlaridagi öquv va ilmiy salohiyat bilan taniştiriş imkoni yaratildi.
Iştirokçilar Agroservislar markazida (AKIS) qişloq xöjaligida agrodronlarni qöllaşning iqtisodiy samaradorligi, issiqxona şaroitida qulupnay yetiştiriş texnologiyalari, şuningdek, Koreya Respublikasi tajribasi asosida yaratilgan “Aqlli qişloq xöjaligi” sanoat texnologiyalari innovatsion markazi faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Mehmonlar Sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot institutida kartoşka tuganaklarini in-vitro şaroitida yetiştiriş texnologiyasini örgandi.
Ayniqsa, Suv xöjaligi vazirligining “Suvçilar maktabi” faoliyati hamda Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi “Agrolab” kompleks qişloq xöjaligi laboratoriyalari markazi işi bilan tanişuv ularda katta taassurot qoldirdi.
Şuningdek, ular Yangiyöl tumanidagi «Xorrot Fiş Xaus» masʼuliyati çeklangan jamiyatida baliq yetiştirişning klaster tizimini körişdi. Toşkent viloyati Nurafşon şahridagi «Agro New Drip» masʼuliyati çeklangan jamiyatida suv tejovçi texnologiyalar işlab çiqariş jarayoni ham ularda katta qiziqiş uyğotdi.
Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi «Navobod naslli parranda» fermer xöjaligi va «Agromir» masʼuliyati çeklangan jamiyati, Toyloq tumanidagi «Pyurmilki Vorks» korxonasi, Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasi va Samarqanddagi Registon ansambli ham taşrifning navbatdagi manzili böldi.
- Özbekistonda suv tejovçi texnologiyalar sohasida qilinayotgan işlar va ilmiy izlanişlar bilan yaqindan tanişdik, - deydi Ozarbayjon Qişloq xöjaligi vazirligi vakili Şovki Lalaşov. - Şuni anglab yetdikki, suv taqçilligi şaroitida Özbekiston agrar sohasida yuqori hosil olişga erişilmoqda. Men fursatdan foydalanib, mehmondöst özbek xalqiga öz taşakkurimni bildirmoqçiman.

Dasturning sönggi iş kuni - 7-noyabr sanasida esa asosiy eʼtibor agrar taʼlim tizimidagi özgarişlar, ilmiy salohiyat va zamonaviy kadrlar tayyorlaş masalalariga qaratildi. Xalqaro iştirokçilar Toşkent davlat agrar universitetida bölib, mamlakatimizda qişloq xöjaligi taʼlimini takomillaştiriş, öquv jarayonini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş va taʼlimni işlab çiqariş bilan integratsiyalaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar bilan tanişdi.

“AgroWater Management” dasturi qatnaşçilariga Özbekistonning qişloq va suv xöjaligini boşqarişdagi amaliy tajribasini joyida köriş, soha rahbarlari va mutaxassislari bilan bevosita muloqot qiliş imkoniyati yaratildi. Taşrif doirasida örnatilgan aloqalar mintaqa davlatlari örtasida qişloq va suv xöjaligi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirişga xizmat qiladi.
Sanjar Toşpölatov,
Alimurod Mamadaminov (surat)
ÖzA