Uçqörğonda limon yiğim-terimi qizğin
Namangan viloyati Uçqörğon tumanida limon hosilini yiğib oliş işlari qizğin davom etmoqda. Hududda limonçilikni rivojlantiriş, hosildorlikni oşiriş va mahsulot yetiştiriş hajmini köpaytirişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Bugungi kunda tumanda qariyb 200 gektar maydonda limon yetiştiriladi. Xöjaliklarda zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalaniş, mahsulot sifati va hosildorlikni oşiriş borasida izçil işlar olib borilyapti.
Xususan, tumandagi «Citrus City» masʼuliyati çeklangan jamiyatida 8 gektar maydonda limon parvarişlanmoqda. Zamonaviy issiqxonalarda yetiştirilgan hosil içki bozorga yetkazib beriladi.
Masʼuliyati çeklangan jamiyatida 50 nafar fuqaro doimiy iş bilan taʼminlangan. Mavsumiy işlar davrida esa 200 nafarga yaqin aholi vaqtinçalik işga jalb etilib, daromad topiş imkoniyatiga ega böladi.
Limonçilikni yanada rivojlantiriş, mahsulotni saqlaş va sotiş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida korxonada 100 tonna siğimga ega sovutkiçli ombor taşkil etiş rejalaştirilgan.
[gallery-32357]
Mazkur loyihaning amalga oşirilişi yetiştirilgan hosilni sifatli saqlaş, bozorga uzluksiz yetkazib beriş hamda kelgusida eksport imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA