Profilaktika işlari kuçaytirilmoqda
Inson hayoti va salomatligini asraş, aholi uçun xavfsiz yaşaş şaroitini yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz taşabbusi bilan ilgari surilayotgan aholi xavfsizligini taʼminlaş, favqulodda holatlarning oldini oliş va profilaktika işlarini kuçaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar bugun joylarda amaliy ifodasini topmoqda.
Xususan, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida tabiiy gazdan xavfsiz foydalaniş, is gazidan zaharlaniş hamda yonğin bilan boğliq baxtsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida aholi örtasida keng kölamli tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilmoqda.
Ayni paytda tumanda qariyb 6 ming nafar tabiiy gaz isteʼmolçisi istiqomat qiladi. Ularning xonadonlarida gaz jihozlaridan töğri foydalaniş, isitiş tizimlarining texnik holatini nazorat qiliş va xavfsizlik talablariga rioya etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda tuman gaz taʼminoti hamda Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari hamkorligida xonadonlarda profilaktik tadbirlar taşkil etilmoqda. Tarğibot jarayonida fuqarolarga dudburon va mörilarni muntazam tozalaş, gaz jihozlarining sozligini tekşirib turiş, elektr uskunalaridan belgilangan tartibda foydalaniş, qölbola va nostandart isitiş moslamalarini işlatmaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.


Ayniqsa, is gazining inson hayoti uçun öta xavfli ekani, uning hidsizligi sababli öz vaqtida sezilmasligi mumkinligi tuşuntirilib, xonadonlarda havo almaşinuvi va mörilarning soz holatda bölişiga alohida eʼtibor qaratiş lozimligi taʼkidlanmoqda.
Zero, is gazidan zaharlaniş va yonğin bilan boğliq köngilsiz holatlarning aksariyati oddiy xavfsizlik qoidalariga amal qiliş orqali bartaraf etilişi mumkin. Bu borada faqat masʼul idoralarning nazorati emas, balki har bir fuqaroning şaxsiy masʼuliyati ham hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Bunday profilaktik tadbirlar viloyatning boşqa hududlarida ham izçil davom ettirilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri