Energetika vaziri "Navoiyazot" uçun barpo etilgan "yaşil" energetika quvvatlari bilan tanişdi
Sanoat korxonalarining energiya taʼminotida qayta tiklanuvçi manbalar uluşini kengaytiriş, anʼanaviy yoqilği resurslaridan foydalanişni kamaytirişga qaratilgan investitsiya loyihalari izçil amalga oşirilmoqda. Navoiy viloyatidagi "Navoiyazot" AJ uçun barpo etilgan quyoş elektr stansiyasi va energiya saqlaş tizimi ham bu yönalişdagi yirik loyihalardan biridir.
Energetika vaziri Şerzod Xöjayev Karmana tumanida joylaşgan mazkur energetika majmuasida bölib, uning işlab çiqariş salohiyati, texnik imkoniyatlari va energiya saqlaş tizimi faoliyati bilan tanişdi. Taşrif davomida işlab çiqarilgan elektr energiyasini korxonaga töğridan-töğri yetkazib beriş jarayoni ham közdan keçirildi.
Xitoyning "Sinoma" kompaniyasi tomonidan 220 million AQŞ dollari miqdoridagi töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar asosida amalga oşirilgan loyiha doirasida 300 MVt quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt quvvat va 75 MVt·soat energiya siğimiga ega saqlaş tizimi barpo etildi.

Yangi stansiya yiliga 657 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyatiga ega. Eʼtiborli jihati, mazkur energiya bevosita "Navoiyazot" AJning işlab çiqariş ehtiyojlarini qoplaşga yönaltiriladi.
Loyihaning amalga oşirilişi natijasida yiliga qariyb 175 million kub metr tabiiy gazni tejaş va atmosferaga çiqariladigan karbonat angidrid miqdorini 377,8 ming tonnaga kamaytiriş imkoniyati yaratiladi.
Vazirlik axborot xizmatiga köra, mazkur energetika majmuasi korxonaning energiya taʼminoti barqarorligini mustahkamlaş, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş hamda sanoat işlab çiqarişining ekologik samaradorligini oşirişga xizmat qiladi. Şuningdek, loyiha hududning iqtisodiy salohiyatini oşiriş va mahalliy aholi bandligini taʼminlaşga ham hissa qöşadi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA