Pedagoglar iştirokida sörovnoma ötkazildi
Maʼlumki, mamlakatimiz taʼlim tizimi izçil rivojlanmoqda. Buning uçun boşqaruvning barça böğini masʼul etib belgilangan. Zarur resurslar öz vaqtida jalb etilmoqda. Qolaversa, tizimni yanada takomillaştiriş maqsadida tinimsiz izlaniş olib borilmoqda.
Ana şunday harakatlarning uzviy davomi ölaroq, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida umumtaʼlim maktablarida dars soatlarini taqsimlaş hamda direktor jamğarmasi faoliyatiga oid meʼyoriy hujjatlarni takomillaştiriş maqsadida maktab rahbarlari va pedagoglar iştirokida sörovnoma ötkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Sörovnomada institutda malaka oşirayotgan umumiy örta taʼlim maktablari rahbarlari va pedagoglar qatnaşdi.
Mazkur sörovnomadan közlangan maqsad dars soatlarini taqsimlaş va direktor jamğarmasi faoliyatiga oid amaldagi tartiblarni takomillaştiriş, jarayonlarni raqamlaştiriş, şaffoflik va xolislikni taʼminlaş hamda korrupsiyaviy xavflarning oldini olişdan iborat.
Taʼkidlanişiça, uşbu sörovnoma orqali takomillaştirilişi rejalaştirilayotgan meʼyoriy hujjatlarni bevosita amaliyotçi mutaxassislarning fikr-mulohazalari va takliflari asosida qayta körib çiqiş hamda mavjud muammolarga samarali yeçimlar işlab çiqiş imkoni tuğiladi.
Yakunda iştirokçilar amaldagi tartiblarni soddalaştiriş, adolatli va şaffof elektron mexanizmlarni joriy etiş yuzasidan öz takliflarini bildirdi. Ilgari surilgan taşabbuslar masʼullar nazoratiga olinişi qayd etildi.
Şerbek Islomov,
ÖzA