Buxoroda pedagoglar uçun “Metodik marafon” taşkil etildi
Buxoro viloyatida Taʼlimni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi hamda viloyat maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi hamkorligida pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş, ularni metodik jihatdan qöllab-quvvatlaşga qaratilgan respublika “Metodik marafon” tadbiri ötkazildi.
100 nafardan ortiq pedagog iştirok etgan tadbirda tajribali mutaxassislar, metodistlar va amaliyotçi öqituvçilar tomonidan maʼruzalar, amaliy maşğulotlar hamda mahorat darslari taşkil etildi.
Marafon davomida öquvçilarning matematik, öqiş va tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantiriş, boşlanğiç taʼlimda innovatsion yondaşuvlarni qöllaş, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, şuningdek, zamonaviy pedagogik metodlarni taʼlim jarayoniga tatbiq etiş yuzasidan ilğor tajribalar örtoqlaşildi.
[gallery-32419]
Mazkur tadbir pedagoglar uçun özaro tajriba almaşiş, samarali öqitiş usullarini ommalaştiriş, kasbiy bilim va könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muhim muloqot maydoni böldi.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA