Özbekiston va Ömon örtasida yölovçi taşiş xizmatlariga bölgan talab oşmoqda
Özbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov Ömonning “Oman Ayir” aviakompaniyasi boşqaruv direktori Nosir Ahmad Al Şarjiy bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat örtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, aviaqatnovlar kölamini kengaytiriş hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Özbekiston va Ömon örtasida yölovçi taşiş xizmatlariga bölgan talab ortib borayotganini qayd etib, uşbu yönalişda özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun salmoqli imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladilar.
Xususan, joriy yilning 4-iyulidan boşlab “Oman Ayir” aviakompaniyasi tomonidan Masqat – Toşkent – Masqat yönalişida muntazam aviaqatnovlar yölga qöyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uçraşuvda mavjud yönaliş böyiça parvozlar sonini oşiriş, yangi avia yönalişlarni oçiş, havo transporti orqali yuk taşiş hajmini kengaytiriş hamda turizm sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi, deyiladi Transport vazirligi maʼlumotida.
Mazkur uçraşuv Özbekiston va Ömon örtasidagi töğridan-töğri havo aloqalarini rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaş hamda ikki mamlakat örtasidagi turizm va transport almaşinuvini yangi bosqiçga olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etadi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA