Haftalik döstlik va ahillik muhitini mustahkamlaydi
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, 2026-yil yanvar oyi holatiga Namangan viloyatida yaşovçi 3 million 190 ming aholining 11 foiziga yaqinini turli millat va millat vakillariga mansub fuqarolar bölib, şundan 285 ming 408 nafarini tojiklar, 23 ming 638 nafarini qirğizlar, 10 ming 985 nafarini ruslar hamda 10 ming 444 nafarini boşqa millatlarga mansub hamyurtlarimiz taşkil etadi.
Mamlakatimizda eʼlon qilingan “Bağrikenglik haftaligi” doirasida Namangan viloyatida “Özbekiston – bağrikeng diyor” ezgu ğoyasi ostidagi madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari kötarinki ruhda boşlandi.
Şu munosabat bilan Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoqlar faollari iştirokida taşkil etilgan matbuot anjumanida diniy bağrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlaşga qaratilgan haftalikning mazmun-mohiyati, rejalaştirilgan tadbirlar haqida tölaqonli axborot berildi. Milliy madaniy markazlar mutasaddilari bu borada qaratilayotgan şaroitlar va amalga oşirilayotgan işlar xususida töxtalişdi.

Taʼkidlaş joizki, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Boş Assambleyasining qaroriga köra, 1997-yildan buyon 16-noyabr sanasi har yili jahon hamjamiyati tomonidan “Xalqaro bağrikenglik kuni” sifatida nişonlanib kelinadi.
Prezidentimizning 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida Özbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmoni ijrosi doirasida mazkur xalqaro sanaga bağişlab, har yili “Bağrikenglik haftaligi” taşkil etilmoqda.
– Haftalik davomida viloyatimizdagi barça umumtaʼlim maktablari va oliy öquv muassasalarida “Bağrikenglik mening nazdimda” mavzuida inşolar tanlovi, “Mening bağrikeng ölkam” şiori ostida şeʼriyatxonlik hamda sport musobaqalari taşkil etiladi, – dedi Namangan viloyati hokimligining jamoat va diniy taşkilotlari bilan işlaş masalalari böyiça kotibiyati mudiri Isfandiyor Uluğboyev. – Qöşni Markaziy Osiyo davlatlari bilan çegara hududlari sanalgan Pop, Çust, Kosonsoy, Yangiqörğon, Çortoq, Uyçi va Uçqörğon tumanlarida “Biz – yagona xalqmiz!”, “Özbekiston – umumiy uyimiz”, “Millatlararo totuvlik va bağrikenglik – umrboqiy qadriyatlar” mavzularida ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbirlar uyuştiriladi. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda istiqomat qilayotgan öndan ortiq turli millatlar va din vakillari iştirokida daraxt köçatlarini ekiş aksiyalari ötkaziladi.

Hafta mobaynida Davlatobod tumanidagi “Yangi Özbekiston – yoşlar ziyo maskani” axborot kutubxonasida “Özbekiston – bağrikeng diyor” şiori ostida qardoş xalqlar yozuvçi, şoir va rassomlarining badiiy asarlari körgazmasi havola qilinadi.
Töraqörğon tumanida joylaşgan, uç ming yillik tarixdan sözlovçi Axsikent arxeologiya parki yodgorligidagi oçiq osmon muzeyida “Millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbiramda turli millatga mansub hamyurtlarimiz iştirokida sayohat taşkil qilinadi.

“Afsonalar vodiysi boği” tematik parkining oçiq maydonida sanʼat ustalari iştirokida bölib ötadigan konsert dasturlarida viloyat ahli va mehmonlari bilan bir qatorda viloyat Qirğiz, Tojik, Rus va Koreys milliy madaniy markazlari faollari bir ezgu ğoya atrofida jisplaşadi, yaqindan döstlaşadi.
Qolaversa, turli millat vakillari, viloyatdagi milliy madaniy markazlar faollari “Bir el, bir Vatan, bir bayroq” şoiri ostida Özbekiston davlat bayroği qabul qilinganligi munosabati bilan bölib ötadigan tadbirlarda faol iştirok etişlari kutilmoqda.
Haftalikning eʼtiborga molik tadbirlaridan biri sifatida, mamlakatimizda diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahamlaş yölidagi xayrli işlarda alohida jonbozlik körsatayotgan davlat hamda jamoat taşkilotlarining fidoyi xodimlari “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni va unga mos ravişda pul mukofoti bilan taqdirlanişdi.

– Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari, şular qatorida Namangan viloyatida istiqomat qilayotgan 24 mingga yaqin qirğiz millatiga mansub fuqarolar ham yagona va ahil oila bölib, fidokorona mehnati bilan Yangi Özbekiston taraqqiyotiga salmoqli hissa qöşib kelmoqda, – dedi viloyat Qirğiz milliy madaniy markazi raisi Nodira Mirzaolimova. – Prezidentimizning dono siyosatida yurtimizdagi döstlik va ahillik muhitini yanada mustahkamlaş alohida ustuvorlik kasb etmoqda. “Bağrikenglik haftaligi” doirasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham turli millat vakillarini özaro ahil, totuv va farovon umrguzaronlik qilişga undaydi.
Darhaqiqat, dillar va tillarni, qalblarni birlaştiruvçi tadbirlar eng avvalo, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlaş va rivojlantirişga, jamiyatda köp millatli katta oila tuyğusini, millatlararo totuvlik, diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri