Özbekiston GRC mintaqaviy yiğilişida ilk bor hamkor taşkilotçi sifatida iştirok etadi
2026-yil 30-noyabr - 2-dekabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul şahrida “Global Research Council” (GRC) - Global tadqiqot kengaşining Osiyo-Tinç okeani mintaqaviy yiğilişi bölib ötadi.
Mazkur tadbirda Markaziy Osiyodan ilk bor Özbekiston hamkor taşkilot sifatida iştirok etadi. Mamlakatimiz nomidan Innovatsion rivojlaniş agentligi hamtaşkilotçi sifatida jalb etilgan.
Bu haqda Innovatsion rivojlaniş agentligi boşqarma boşliği örinbosari Farhod Qudratov maʼlum qildi:
– Bu mamlakatimizning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi örnini mustahkamlaş, milliy ilmiy moliyalaştiriş tizimini global tajriba bilan uyğunlaştiriş va özbek olimlarining xalqaro tadqiqotlar maydonidagi imkoniyatlarini kengaytiriş yölidagi muhim qadam.
Yiğilişda Osiyo va Tinç okeani mintaqasi mamlakatlarining milliy ilmiy fondlari rahbarlari, grant ajratuvçi taşkilotlar vakillari hamda xalqaro ekspertlar iştirok etadi.
Tadbir Koreya Respublikasi Milliy tadqiqot jamğarmasi (NRF Korea) va Özbekiston Innovatsion rivojlaniş agentligi hamkorligida taşkil etilmoqda. Bu haqdagi qaror 2026-yil may oyida Tailandning Bangkok şahrida ötkazilgan GRCning 14-yillik yiğilişida maʼqullangan.
GRC 2012-yilda taşkil etilgan xalqaro platforma bölib, ilmiy tadqiqotlarni moliyalaştiruvçi milliy taşkilotlar rahbarlarini birlaştiradi. Uning asosiy maqsadi ilmiy moliyalaştiriş böyiça tajriba almaşiş, tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini takomillaştiriş va xalqaro hamkorlikni rivojlantirişdan iborat. Kengaşning mintaqaviy yiğilişlarida bildirilgan taklif va tavsiyalar keyingi global yiğilişlar kun tartibini şakllantirişda ham inobatga olinadi.
Özbekistonning mazkur tadbirdagi iştiroki mamlakatimiz uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Xususan, yetakçi xalqaro ilmiy taşkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlaş, qöşma grant dasturlari va tadqiqot loyihalarini yölga qöyiş, ilmiy moliyalaştirişning ilğor tajribalarini özlaştiriş imkoniyati kengayadi.
Şuningdek, özbek olimlarining xorijiy tadqiqot markazlari bilan hamkorligi, xalqaro ilmiy konsorsiumlarda iştiroki va ilmiy işlanmalarini jahon maydonida taqdim etiş imkoniyatlari ortadi. Bu jarayon yoş olimlar va yangi ilmiy jamoalar uçun ham muhim istiqbollar yaratadi.
Taʼkidlaş joizki, Özbekistonning GRC doirasidagi iştiroki Seuldagi yiğiliş bilan boşlangani yöq. 2026-yil may oyida Bangkokda ötkazilgan 14-yillik yiğilişda Innovatsion rivojlaniş agentligi vakili “Research for Sustainable Communities” mavzusidagi muhokama sessiyasiga moderatorlik qilgan. Unda ilm-fan va innovatsiyalarning dolzarb muammolarni hal etişdagi örni, sunʼiy intellektdan foydalaniş va oçiq ilm-fan masalalari muhokama qilingan. Aynan şu yiğilişda agentlikning Seuldagi tadbirni taşkil etişda hamkor sifatida iştirok etişi maʼqullangan.
Bundan taşqari, 2026-yil oktabr oyida agentlik delegatsiyasining Koreya Respublikasiga taşrifi davomida NRF Korea Xalqaro aloqalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi direktori Haiso Kim bilan uçraşuv ötkazilib, tadbir dasturi va taşkiliy masalalar muhokama qilingan.
Umuman, Özbekistonning GRC mintaqaviy yiğilişida hamtaşkilotçi sifatida iştirok etişi mamlakatimiz ilmiy diplomatiyasida muhim qadam bölib, milliy ilm-fanni xalqaro maydonga integratsiya qiliş, olimlar uçun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratiş va ilmiy tadqiqotlar sifatini oşirişga xizmat qiladi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA