"Milliy qadriyatlar tarğibotçisi" tanlovi: Kasbiy taʼlimda ğoliblar aniqlandi.
Kasbiy taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar: 19-noyabr kuni Kasbiy taʼlim agentligida "Milliy qadriyatlar tarğibotçisi" respublika tanlovining yakuniy bosqiçi ötkazildi. Unda kelajak avlod tarbiyasiga zamonaviy yondaşuvlar taqdim etildi.
19-noyabr kuni Kasbiy taʼlim agentligida “Milliy qadriyatlar — milliy özligimiz va Yangi Özbekiston maʼnaviy taraqqiyotining poydevori” mavzusida “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovining yakuniy bosqiçi ötkazildi.
Tanlovda hududiy bosqiçlarda saralangan iştirokçilar öz bilim va tajribalarini ijodiy çiqişlar, amaliy taqdimotlar orqali namoyiş etdilar. Hakamlar hayʼati tarkibidan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamda Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti vakillari iştirok etdi.

Tanlovda Respublikadagi texnikumlarning yoşlar bilan işlaş böyiça direktor örinbosarlari qatnaşdi. Yakuniy natijalarga köra Kimyoxon Nasriddinova 1- örin (Toşkent şahar), Gavhar Rahimova 2-örin (Samarqand viloyati), Feruza Rahimova 3- örin (Xorazm viloyati)ga munosib körildi.

Mazkur tanlov kasbiy taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, pedagoglar örtasida ilğor tajribalarni ommalaştiriş va yoşlar tarbiyasiga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Zero, milliy qadriyatlarga tayangan taʼlim — maʼnaviyatli avlodni, maʼnaviyatli avlod esa Yangi Özbekistonning buyuk kelajagini yaratadi.
Munira Ramazonova
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi