Osiyo Millatlar kubogi. Özbekiston şaxmatçilari kumuş va bronza medalini qölga kiritdi
Jamoaviy hisobda Özbekiston 12 ta terma orasida 4-örinni egalladi. Vakillarimiz yetti turda üçta ğalaba va ikkita durang evaziga 8 oçko jamğardi.
10–17-noyabr kunlari Abu-Dabida klassik şaxmat böyiça ötkazilgan Osiyo Millatlar kubogida Özbekiston ayollar terma jamoasining ikki vakili individual medal oldi. Gulruxbegim Tohirjonova 2-taxtada kumuş, Nilufarxon Imomqöziyeva esa 5-taxta toifasida bronza medaliga sazovor böldi.
Gulruxbegim Tohirjonova oltita partiyada 4,5 oçko jamğardi. U üçta partiyada ğalaba qozondi va üçtasida durang qayd etdi. Sönggi turda rossiyalik Leya Garifullinani yengib, jamoamizning Rossiya bilan 2:2 hisobida durang öynaşiga hissa qöşdi.
Nilufarxon Imomqöziyeva yettita partiyada 4,5 oçko töpladi. U törtta partiyada ğalaba qozondi, bir bor durang öynadi va ikki marta yutqazdi. Taxtalar böyiça individual örinlar reyting performansi asosida aniqlandi. Tohirjonovaning bu körsatkiçi 2452, Imomqöziyevaniki 2172 böldi.
Jamoaviy hisobda Özbekiston 12 ta terma orasida 4-örinni egalladi. Vakillarimiz yetti turda üçta ğalaba va ikkita durang evaziga 8 oçko jamğardi. Jamoaviy oltin Rossiyaga, kumuş Xitoyga, bronza esa Qozoğistonga nasib etdi.