Abdusattorov Budapeştdagi yarim finalning ilk kunini Pragnanandhadan ikki oçko ortda yakunladi
Final yöllanmasi bugun, 18-noyabr kuni aniqlanadi.
Budapeştda ötayotgan Total Chess turniri pley-offining 6-setkasi yarim finalida Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Pragnanandha bilan bahs olib bormoqda. Birinçi kundan söng Pragnanandha 11:9 hisobida oldinda.
Abdusattorov blitsda 3:1 hisobida ustun keldi. Rapidda esa Pragnanandha 6:2 hisobida ustunlik qilib, umumiy hisobda oldinga çiqdi. Kunning sönggi partiyasi tezkor klassikada durang bilan yakunlandi va har ikki şaxmatçi hisobiga 4 oçkodan qöşildi.
Final yöllanmasi bugun, 18-noyabr kuni aniqlanadi. Javob bahslari Toşkent vaqti bilan 19:00 da boşlanadi. Dasturdan törtta blits, ikkita rapid va bitta tezkor klassika partiyasi örin olgan. Umumiy hisob tenglaşsa, ğolibni Armageddon partiyasi aniqlaydi.