Osiyo çempionlar ligasi–2: «Nasaf»ning guruhdagi imkoniyatlari qanday?
Beşinçi turda qarşiliklar Abbos Ğulomovning yagona goli evaziga Bahraynning «Al-Xolidiya» jamoasini 1:0 hisobida mağlub etdi.
Osiyo çempionlar ligasi–2 musobaqasida guruh bosqiçi yakunlanişiga bir tur qoldi. Özbekiston sharafini himoya qilayotgan Qarşining «Nasaf» klubi nimçorak finalga çiqiş imkoniyatini saqlab turibdi.
Beşinçi turda qarşiliklar Abbos Ğulomovning yagona goli evaziga Bahraynning «Al-Xolidiya» jamoasini 1:0 hisobida mağlub etdi. Guruhning ikkinçi uçraşuvida Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Vahda» klubi safarda «Quvayt SK» ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
Mazkur natijalardan söng «Al-Vahda» muddatidan oldin guruh ğolibiga aylandi. Ikkinçi yöllanma uçun esa «Nasaf» va «Quvayt SK» da'vogarlik qilmoqda. Bahrayn klubi keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatidan mahrum böldi.
«A» guruhida 5-turdan keyingi vaziyat:
| Jamoa | Öyin | Gollar | Oçko |
|---|---|---|---|
| 1. «Al-Vahda» | 5 | 10:7 | 12 |
| 2. «Nasaf» | 5 | 5:5 | 7 |
| 3. «Quvayt SK» | 5 | 9:9 | 6 |
| 4. «Al-Xolidiya» | 5 | 4:7 | 4 |
«Nasaf» qanday holatlarda pley-offga çiqadi?
– Ğalaba qozonsa, parallel uçraşuv natijasidan qat'i nazar, keyingi bosqiçga yöl oladi.
– Durang öynasa, «Quvayt SK» ğalaba qozonmasligi kerak.
– Mağlubiyatga uçrasa, «Quvayt SK» ham yutqazişi lozim.
Demak, Rözıqul Berdiyev şogirdlari Abu-Dabida ğalaba qozoniş orqali boshqa uçraşuv natijasiga boğliq bölmagan holda pley-off masalasini hal qilişi mumkin.
6-tur. 9-dekabr
21:00. «Al-Vahda» – «Nasaf».
21:00. «Al-Xolidiya» – «Quvayt SK».
Har ikki uçraşuv bir vaqtda boşlanadi. Musobaqa reglamentiga muvofiq, har bir guruhda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar nimçorak finalga yöl oladi.